Shahzodbek Nurmatov (1991-yil 18-sentabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchis, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Nurmatov 2011-yilgi mavsum Samarqandning „Dinamo“ jamoasida professional faoliyatini boshlagan. 2011-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida Toshkent viloyatining „Metallurg Bekobod“ klubi tarkibiga oʻtgan. Bekobod jamoasi tarkibida toʻrt mavsum davomida oʻynagan va har yili jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlgan. 2011—2015-yilgi mavsumlar davomida „Metallurg“ safida 99 ta oʻyinda 35ta gol muallifi boʻlgan. 2016-yilning 2-yanvarida Nurmatov „Bunyodkor“ga oʻtgani maʼlum qilingan. Toshkent jamoasi tarkibida 84 ta oʻyinda ishtirok etgan va 13 ta gol muallifi boʻlgan.

2019-yilgi mavsumda Olmaliqnin „OKMK“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Olmaliq jamoasi tarkibida ikki yarim mavsum davomida oʻynagan. 2021-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga qaytgan.

2022-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Bir mavsum davomida Qoʻqon jamoasi tarkibida oʻynagan Shahzodbek mavsum yakunida jamoani tark etgan va faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro U 2014-yilning 20-avgust kuni Bokuda Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida rasmiy debyut oʻtkazgan va 0:0 hisobida durang oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Kubok OFK Jami Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Dinamo Samarqand 2011-yil 9 0 0 0 - 9 0 Jami 9 0 0 0 - 9 0 "Metallurg" Bekobod 2011-yil 6 0 0 0 - 6 0 2012-yil 26 8 3 1 - 29 9 2013-yil 20 9 0 0 - 20 9 2014-yil 21 8 - 20 8 2015-yil 26 10 3 2 - 29 12 Jami 99 35 6 4 - 105 39 Karyera jami 108 35 6 4 - 114 39

Manbalar

Havolalar

Shahzodbek Nurmatov

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari