Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2017Tan Zhongyi, 2017-yilgi jahon chempioni JoyTehran, IranSana2017-yil 10-fevraldan 4-martgachaIshtirokchilar64Chempion Tan Zhongyi<div style="float: left;">← 2016 2018 match → Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 2017-yilgi jahon chempionatida chempionlik uchun 64 oʻyinchi oʻzaro bellashadi. Finalda Tan Zhongyi tezkor tay-breklarda Anna Muzychuk ustidan gʻalaba qozonadi.
2016-yil sentabr oyida Bokuda boʻlib oʻtgan 42-shaxmat Olimpiadasida FIDE Bosh Assambleyasi 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining tashkiliy huquqini Eronga beradi.
Baʼzi eng yaxshi ayol shaxmatchilar turnirga bormaslikka qaror qilishadi. Ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni va eng yuqori reytingdagi ayol shaxmatchi Xou Yifan FIDEning ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati tizimidan norozi boʻlgani uchun turnirda qatnashmaslikka qaror qiladi. 2015-yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempioni Mariya Muzychuk va AQSH chempioni Natsi Paikidze ham turnir o‘tkaziladigan joy Eronda barcha ayollarning jamoat joylarida hijob o‘rashlari majburiy bo‘lganiga norozilik sifatida qatnashmaslikka qaror qilishadi. Shuningdek, ushbu chempionatda ayollar oʻrtasida dunyoning toʻrtinchi raqamli shaxmatchisi Xumpi Koneru va ayollar oʻrtasidagi sakkiz karra AQSh chempioni Irina Krush ham ishtirok etmaydi.
2017-yil 12-may kuni FIDE Eron shaxmat federatsiyasini ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrinlarini to‘lamagani uchun bloklab qoʻyadi va 2017-yil 2-iyuniga kelib bu taqiq bekor qilindi.
Turnir taqvimi
10-fevral: Ochilish marosimi 11-13-fevral: 1-tur 14-16-fevral: 2-tur 17-19-fevral: 3-tur 20-22-fevral: 4-tur (chorak final) 23-25-fevral: 5-tur (yarim final) 26-fevral: Dam olish kuni 27-fevral — 3-mart: 6-tur (final) 4-mart: yopilish marosimi.
Ishtirokchilar Oʻyinchilar besh xil usul bilan tanlanadi: eng soʻnggi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining yarim finalchilari, oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionat, shaxmat boʻyicha reyting, zona va qitʼa chempionatlari va FIDE prezidentlaridan tanlab olinadi.
Turnir boshlanishidan oldin 48-raqamli Kristina Adela Foisor vafot etadi. Juftliklar allaqachon eʼlon qilinganligi sababli, almashtirishning imkoni boʻlmaydi.
2017-yil fevral oyidagi FIDE reytingiga koʻra ishtirokchilarning ketma-ketligi:
Kvalifikatsion darajalar .
Mukofot puli Chempionatning sovrin jamgʻarmasi 450 000 AQSH dollarini tashkil qilar edi. Sovrinlar birinchi bosqichda mag‘lub bo‘lganlar uchun 3750 dollar, ikkinchi bosqichda 5500 dollar, uchinchi bosqichda 8000 dollardan iborat edi. Chorak finalda yutqazganlar 12 000 dollar, yarim finalchilar 20 000 dollar olishadi. Ikkinchi oʻrin uchun 30 000 dollar, birinchi oʻrin uchun esa 60 000 dollar pul mukofoti belgilab qoʻyilgan edi. Shuningdek, Barcha oʻyinchilar oʻz xarajatlarini (sayohat, turar joy va ovqatlanish) oʻzlari toʻlashlari kerak ediRegulations for the Womenʼs World Chess Championship Cycle (PDF). FIDE..
Final uchrashuvi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8e/AMuzychuk1_Ukr_Ch_2014.jpg/220px-AMuzychuk1_Ukr_Ch_2014.jpg|thumb| Muzychuk birorta ham tay-brek o‘ynamay, finalga chiqadi. Klassik oʻyinlarTay-breklarJamiReyting1234R1R22502½10½½13½2558½01½½02½
Turnir jadvali Oʻyinchilarning ketma-ketligi FIDEning yanvar oyidagi reyting roʻyxati bilan belgilanadi. Bunga koʻra 1-raqamli shaxmatli 64-raqamli bilan va mos ravishda 2-raqamli shaxmatchi 63-raqamli bilan oʻynaydi.
Manbalar
Turkum:Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati