Agnorhiza reticulataMuhofaza holatiImperiled  (NatureServe)The Nature ConservancyIlmiy tasniflash Olam:OʻsimliklarSistematika:TraxeoditlarSistematika:AngiospermlarSistematika:EudikotlarSistematika:AsteridlarOila:AsteraceaeJins:AgnorhizaTurlar:A. reticulataBinomial nameAgnorhiza reticulata(Greene) W.A.WeberBoshqa nomiThe Plant List, Agnorhiza reticulata (Greene) W.A.Weber Wyethia reticulata Greene

Agnorhiza reticulata (boshqa nomi: Wyethia reticulata), umumiy El Dorado okrugi xachir quloqlari nomi bilan tanilgan, faqat shimoliy va markaziy Kaliforniyaning kichik bir mintaqasida uchraydigan noyob gulli oʻsimlik turidirCalflora taxon report, University of California @ Berkeley, Wyethia reticulata E. Greene El Dorado County mule ears, El Dorado mule ears, Eldorado wyethia . Agnorhiza reticulata ilk bora 1998-yil Edward Lee Greene tomonidan tasniflangan. Oʻsimlik Koliforniya shtati uchun endemik turlardan biri hisoblanadi.

Tarqalishi Agnorhiza reticulata Kaliforniyaning ichki oʻtloqlari va Sierra Nevada togʻ etaklaridagi oʻrmonzorlarda keng tarqalgan. El Dorado, Sakramento va Yuba okruglaridaaniqlanganBiota of North America Program, 2014 county distribution map, Agnorhiza reticulata.

Populyatsiyasi sababli genetik xilma-xilligi past boʻlishi mumkin, chunki ular koʻpincha vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi, urugʻ bilan jinsiy koʻpayish deyarli kuzatilmaydi, shuningdek, Ildizpoyalar bilan vegetativ koʻpayish usuli ham bu oʻsimlikka xosdir. Baʼzi populyatsiyalar yashash muhitining sanoatlashtirilishi va oʻzlashtirilishi sababli yoʻqolib ketish xavfi ostida qolmoqdaAyres, D. R. and F. J. Ryan. (1999). Genetic diversity and structure of the narrow endemic Wyethia reticulata and its congener W. bolanderi (Asteraceae) using RAPD and allozyme techniques. American Journal of Botany 86 344-53..

Tavsif Agnorhiza reticulata koʻp yillik oʻt boʻlib, boʻyi 40-70 santimetr, baʼzan 1 metrga yetadigan tukli, bezsimon, yopishqoq poya hosil qiladi, odatda poyasi tarvaqaylab ketgan holda oʻsadi. Barglarning uzunligi 15 santimetrgacha boʻlib, atrofi uchburchak yoki nayza shaklidagi pichoqsimon boʻrtmalar bilan qoplanganFlora of North America, Agnorhiza reticulata.

Toʻpguli odatda yakka kungaboqar gul boshi koʻrinishida boʻlib, uzunligi 2,5 santimetrgacha boʻlgan 21 tagacha sariq yaproqlardan tashkil topadi. Markazida sariq rangli disk joylashgan. Gullar mahalliy asalarilar tomonidan changlantiriladiJepson Manual Treatment of Agnorhiza reticulata. Gullash davri maydan to iyun-iyul oylarigacha davom etadi.

Manbalar

Havolalar

Agnorhiza reticulata (El Dorado okrugi xachirining quloqlari) uchun USDA oʻsimliklar profili Agnorhiza reticulata — UC rasmlar galereyasi Turkum:Yoʻqolib borayotgan turlar Turkum:Flora