Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi maslahat uchrashuvi — 2022-yilning 21-iyul sanasida Qirgʻizistonning Choʻpon-ota shaharida boʻlib oʻtdi. Ushbu sammitda Markaziy Osiyoning 5 davlati — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon davlat Qirgʻiziston davlat rahbarlari hamda hukumat aʼzolari ishtirok etdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ushbu sammitda ishtirok etishning asosiy maqsadlari mintaqada iqtisodiy savdo-munosabatlarni rivojlantirish, ekologik muommolarga eʼtibor qaratish va mintaqadagi tinchlikni saqlash asosiy vazifalar sifatida qaraldi. Shuningdek mintaqada mintaqaviy xavfsizlik, axborot va internet olami xavfsizligi, Afgʻoniston muommosi, savdo-sanoat, madaniy aloqalar muhokama qilindi.
Shartnomalar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi maslahat uchrashuvida Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston mamlakatlari rahbarlari yaxshi qoʻshnichilik va hamkorliklarni yanada rivojlantirish borasida hujjatga imzo chekishdi. Ushbu jujjatni Turkmaniston va Tojikiston mamlakatlari rahbarlari hali koʻrib chiqishayotganini aytib, bu hujjatga hozirchalik imzolashmadiMarkaziy Osiyo liderlari sammitida qanday hujjatlar imzolandi? 24—iyul 2022—yil. Markzaziy Osiyo davlatlari shuningdek ekologik jihatdan „Yashil kun tartibi“ boʻyicha ham kelishganlar.
Markaziy Osiyodagi ekologik muommolarga eʼtibor qaratish Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tamonidan ishlab chiqilgan „Markaziy Osiyo uchun Yashil kun tartibi“ dasturi doirasida milliy iqtisodiyotlarni karbonsizlantirish, muqobil energitikani rivojlantirish, muqobil energiya manbaalaridan keng foydalanish, oʻzaro elektr energiyasini yetkazishni tashkil etish, suv tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida oʻzining amamliy takliflarini berdi. Shuningdek Oʻzbekistn Respublikasi davlat rahbari tamonidan Markaziy Osiyo davlatlari hozirgi kunda "yashil taraqqiyotʼ masalalalariboʻyicha jahondagi eng ilgʻor mamlakatlardan ortda qolib ketganligini aytib oʻtdi„Yashil taraqqiyot“ masalalarida biz, afsuski, jahonning yetakchi mintaqalaridan ancha orqadamiz" — Shavkat Mirziyoyev 24—iyul 2022—yil.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti nutqi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sammitdagi nutqidan:
Afgʻoniston muommosi
Sammitda qoʻshni Afgʻonistondagi muommolar ham muhokama qilindiMarkaziy Osiyo liderlari yigʻinida Afgʻonistondagi vaziyat muhokama qilindi 24—iyul 2022—yil. Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Afgʻonistondagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasining hududiy xavfsizligiga taʼsir koʻrsatmoqda. U yerda vaziyat murakkab va taxmin qilib boʻlmaydi deb aytib oʻtdi.
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon sammitda Afgʻoniston boʻyicha oʻz fikrlarini ayyib mintaqadagi tinchlikga katta taʼsir koʻrsatishi va Yevroosiyo mintaqasida geosiyosiy kuchlar muvozanati oʻzgarishi haqida aytib oʻtdi. Shuningdek Tolibon hukumatini Afgʻonistondagi etnik kamchiliklarni kamsitish hamda diniy konservatizm agressiyalar olib borishda ayladi.
Afgʻoniston masalasida oʻzbekiston Respublikasi davlat rahbari Afgʻonistonni iqtisodiy jihatdan tiklash va unga koʻmak yordam berish kerakligini aytib oʻtdi. Shuningdek Oʻzbekiston respublikasi davlat rahbari Afgʻonistondagi holat yuzasidan shunday dedi:
Takliflar Ekologik muommolarga eʼtibor qaratish taklidf etildi. Logistika sohasini yanada isloh qilish va Janubiy osiyoga olib chiquvchi logistik yoʻllar tashkil etish. Mintaqada turizmni yanada rivojlantirish taklif etildi. Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammitiga Rossiya va Xitoyni ham taklif etish taklifi Qozogʻiston Respublikasi rahbari tamonidan kiritildiTo‘qayev Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvlariga Rossiya va Xitoy rahbarlarini chaqirishni taklif qildi 24-iyul 2022-yil. Manbalar