Kurt Ferdinand Fridrix Hermann fon Shleyxer (; 1882-yil 7-aprel — 1934-yil 30-iyun) - nemis generali va Veymar respublikasi davridagi Germaniyaning soʻnggi kansleri (Adolf Hitlergacha). Hitler bilan hokimiyat uchun raqib boʻlgan Shleyxer 1934-yilda „Uzun xanjarlar kechasi“da Gitlerning SS boʻlinmasi tomonidan oʻldirilgan.
Shleyxer 1882-yil 7-aprelda Brandenburg an-der-Gavelda harbiy oilada tugʻilgan. 1900-yilda Prussiya armiyasiga leytenant unvoni bilan kirib, Germaniya Bosh shtabining temir yoʻl boʻlimida Bosh shtab ofitseri darajasiga koʻtarildi va Birinchi jahon urushi paytida Oliy Armiya qoʻmondonligi Bosh shtabida xizmat qildi. Shleyxer 1918—1919-yillardagi Germaniya inqilobi paytida armiya va yangi Veymar respublikasi oʻrtasida aloqachi boʻlib xizmat qilgan. Reyxsverning Versal shartnomasidagi cheklovlardan qochish harakatlarida muhim ishtirokchi boʻlgan. Shleyxer Reyxsverning Qurolli Kuchlar departamenti boshligʻi sifatida hokimiyat tepasiga koʻtarildi va 1926-yildan boshlab Prezident Pol fon Hindenburgning yaqin maslahatchisi boʻldi. 1928-yilda oʻzining ustozi Vilgelm Groener Mudofaa vaziri etib tayinlanganidan soʻng, Shleyxer 1929-yilda Mudofaa vazirligining Vazir Ishlari boshqarmasi (ministramt) boshligʻi boʻldi. 1930-yilda u Herman Myuller hukumatini agʻdarishda va Geynrix Bryuningni kansler etib tayinlashda muhim rol oʻynadi. U 1931-yildan boshlab Reyxsver uchun yordamchi kuch sifatida natsistlar partiyasining SA xizmatiga kirdi.
1932-yildan boshlab Shleyxer Frants fon Papen kabinetida mudofaa vaziri boʻlib ishlagan va Prussiya sotsial-demokratik hukumatiga qarshi Preysenshlag (Preußenschlag) toʻntarishining bosh tashkilotchisi boʻlgan. Shleyxer Papenni hokimiyatdan agʻdarishni tashkillashtirdi va 3-dekabrda uning oʻrniga kansler etib tayinlandi. Oʻzining qisqa hokimligi vaqtida Shleyxer Gregor Shtrasser bilan uning natsistlar partiyasidan chiqishi haqida muzokaralar olib bordi, ammo bu rejadan voz kechdi. Shleyxer Gitlerni oʻz hukumati bilan hamkorlik qilish uchun „qoʻrqitishga“ urinib koʻrish maqsadida, uni Natsistlarga qarshi partiyalar ittifoqi, yaʼni Querfront („oʻzaro front“) bilan tahdid qiladi. Gitler kanslerlikka daʼvosidan voz kechishdan bosh tortadi va Shleyxerning rejasi barbod boʻladi. Shundan soʻng Shleyxer Hindenburgga Reyxstagni tarqatib yuborishni va amalda diktator sifatida hukmronlik qilishni taklif qiladi, Hindenburg esa buni rad etadi.
1933-yil 28-yanvarda Shleyxer siyosiy jihatdan boshi berk koʻchaga kirib qoldi va sogʻligʻi yomonlashib isteʼfoga chiqdi. Uning oʻrniga Gitlerni tayinlashlarini tavsiya qildi. Shleyxer Ernst Rom va Gitler oʻrtasidagi boʻlinishdan foydalanib, siyosatga qaytishga urinib koʻrdi, ammo 1934-yil 30-iyunda u va uning rafiqasi Elizabet Gitlerning buyrugʻi bilan „Uzun xanjarlar kechasi“da oʻldirildi.
Yoshlik yillari va oilasi thumb|Leytnant fon Shleyxer 1900-yilda. Kurt fon Shleyxer Brandenburg an-der-Gavelda, prussiya zobiti va zodagon Hermann Fridrix Ferdinand fon Shleyxer (1853—1906) va Sharqiy Prussiyalik badavlat kema egasining qizi Magdalena Xaynning (1857—1939) oilasida tugʻilgan. Uning katta singlisi Shunelda Luise Amalie Magdalena (1879—1955) va ukasi Lyudvig-Ferdinand Fridrix (1884—1923) bor edi. 1931-yil 28-iyulda Shleyxer Prussiya generali Viktor fon Hennigsning qizi Elizabet fon Shleyxerga uylanadi. U avvalroq Shleyxerning amakivachchasi Bogislav fon Shleyxerga turmushga chiqqan va u bilan 1931-yil 4-mayda ajrashgan ediMarriage Register: Berlin-Lichterfelde: No. 4/1916..
U 1896—1900-yillarda Lixterfeldedagi Gaupkadettenanshtalda (Hauptkadettenanstalt) tahsil olgan. 1900-yil 22-martda u Leytinant unvoniga koʻtarildi va 3-piyoda gvardiyasiga qabul qilindi, u yerda kichik ofitserlar, Oskar fon Hindenburg, Kurt fon Hammershteyn-Equord va Erix fon Manshteyn bilan doʻstlashadi. 1906-yil 1-noyabrdan 1909-yil 31-oktabrgacha u polkning Fuzilye batalonida adyutanti boʻlib xizmat qildi.
1909-yil 18-oktyabrda Oberleytinant () lavozimiga tayinlanganidan soʻng, u Prussiya harbiy akademiyasiga yuboriladi va u yerda Frants fon Papen bilan tanishadi. 1913-yil 24-sentyabrda oʻqishni tugatgach, u Germaniya Bosh shtabiga yuborildi va u yerda oʻz xoxishiga koʻra temir yoʻl boshqarmasiga ishga kirdi. Tez orada u oʻzining bevosita boshligʻi podpolkovnik Vilgelm Groenerning protejesiga (himoyachisiga) aylandi. Shleyxer 1913-yil 18-dekabrda kapitan unvoniga koʻtarildi.
Birinchi jahon urushi Birinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Shleyxer Oliy armiya qoʻmondonligining Bosh shtabga tayinlangan. Verdun jangi paytida u sensatsiyaga sabab boʻlgan sanoatning baʼzi tarmoqlarida urushdan foydalanib spekulyatsiyaga yoʻl qoʻyishni tanqid qilgan qoʻlyozma yozgan. Ushbu ishi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) raisi Fridrix Ebert tomonidan maʼqullanadi va liberal sifatida obroʻ qozonishiga sabab boʻldi. 1916-yil noyabrdan 1917-yil maygacha Shleyxer Kriegsamtda (Urush idorasi) xizmat qildi, unga Groener boshchiligidagi urush iqtisodiyotini boshqarish vazifasi yuklangan edi.
Shleyxerning 1917-yil 23-maydan 1917-yil avgust oyining oʻrtalariga qadar Kerenskiy hujumi paytida Sharqiy frontdagi 237-diviziyaning shtab boshligʻi boʻldi. Urushning qolgan qismini Oliy Armiya qoʻmondonligida oʻtkazdi. 1918-yil 15-iyulda unga mayor unvoni berildi. 1918-yil avgustidan boshlab Germaniyaning urush harakatlari barbod boʻlganidan soʻng, Shleyxerning homiysi Groener Erster generalquartiermeister etib tayinlandi va 1918-yil 29-oktyabrda Germaniya armiyasining de-fakto qoʻmondonligini qabul qilib oldi. Groenerning ishonchli yordamchisi sifatida Shleyxer fuqarolik va harbiy hokimiyat oʻrtasidagi muhim bogʻlovchiga aylandi.
Birinchi jahon urushidan keyin armiya xizmatida
Germaniya inqilobi 1918-yil noyabr inqilobidan keyin nemis armiyasining ahvoli ogʻir edi. 1918-yil dekabr oyida Shleyxer Pol fon Hindenburg nomidan Fridrix Ebertga ultimatum qoʻydi va Germaniya muvaqqat hukumatidan armiyaga Spartak ligasini tor -mor etishga ruxsat berishini yoki armiya bu vazifani oʻzi bajarishini aytdi.
Germaniya vazirlar mahkamasi bilan keyingi muzokaralar chogʻida Shleyxer armiyaning Berlinga qaytishiga ruxsat olishga muvaffaq boʻldi. 1918-yil 23-dekabrda Ebert boshchiligidagi muvaqqat hukumat radikal chap qanot Volksmarinedivizioni tomonidan hujumga uchradi. Shleyxer Ebert-Groener pakti boʻyicha muzokaralarda muhim rol oʻynadi. Hukumatga yordam berish evaziga Shleyxer Ebertdan armiyaning „davlat ichidagi davlat“ sifatida siyosiy avtonomiyasini saqlab qolishga roziligini oldi.
Chap qanot isyonchilarini tor-mor qilish uchun Shleyxer 1919-yil yanvar oyi boshida Freykorpsni tashkil etishga yordam berdi. Shleyxerning Veymar respublikasining qolgan qismidagi roli Reyxsverning siyosiy vositachi boʻlib xizmat qilgan holda, harbiylarning manfaatlarini himoya qilishini taʼminlash edi.
1920-yillar
Sovet Ittifoqi bilan aloqalar 1920-yillarning boshlarida Shleyxer general Xans fon Sekktning yetakchi protejesiga aylandi. Xans fov Sekkt koʻpincha Shleyxerga nozik topshiriqlarni topshirardi. 1921-yilning bahorida Seekt Reyxsver tarkibida Sondergruppe R nomi bilan tanilgan maxfiy guruhni tuzadi. Ushbu guruhning vazifasi Versal shartnomasida belgilangan xalqaro tuzumga qarshi umumiy kurashda Qizil Armiya bilan hamkorlik qilish edi. Shleyxer Leonid Krasin bilan Germaniyaning Sovetlarning qurol-yarogʻ sanoatiga yordami boʻyicha kelishuvlarni ishlab chiqdi. Sanoatni qurishda Germaniyaning Sovetlarga bergan moliyaviy va texnologik yordami evaziga Sovetlar Germaniyaga Versal shartnomasining qurolsizlanish bandlarini chetlab oʻtishda yordam berishdi. Shleyxer bir nechta qoʻgʻirchoq korporatsiyalarni, xususan, GEFUni (, — „Sanoat korxonasini ragʻbatlantirish kompaniyasi“) tuzib, 1923-yil soʻngiga qadar sovetlar qurol-yarogʻ sanoatiga 75 million reyxsmark, taxminan 18 million dollar mablagʻ (2021-yil ekvivalentida 286 million dollar) kiritildi.
Qora reyxsver Shu bilan birga, Sondergruppe R dan Shleyxer, Evgen Ott, Fedor fon Bok va Kurt fon Hammershteyn-Equorddan iborat jamoa rasmiy ravishda Arbeits-Kommandos (Ish komandolari) deb ataladigan tashkilotga rahbarlik qilgan mayor Bruno Ernst Buchrucker bilan aloqa oʻrnatdi. Ushbu mehnat guruhi fuqarolik loyihalariga yordam berishni maqsad qilgan edi, lekin ular aslida askarlar ish kuchidan foydalangan. Bu holat Germaniyaga Versal shartnomasida belgilangan qoʻshinlar soni chegarasini oshirishga imkon berdi. Buchruckerning „Qora Reyxsver“ deb ataluvchi tashkiloti Germaniya Versal shartnomasining V qismiga rioya qilishini taʼminlash uchun mas’ul boʻlgan Ittifoqchilar nazorati komissiyasida informator sifatida ishlaganlikda gumon qilingan barcha nemislarni oʻldirish amaliyoti bilan shugʻullangan.
«Qora Reyxsver» tomonidan sodir etilgan qotilliklar «Femegerichte» (maxfiy sud) tizimiga muvofiq oqlandi, unda sotqinlikda gumon qilinganlarga yashirin „sud jarayonlarida“ „hukm oʻqildi“ va qurbonlar esa bundan bexabar edilar. Bu qotilliklar Sondergruppe R ofitserlari tomonidan Ittifoqchi nazorat komissiyasining saʼy-harakatlarini zararsizlantirishning eng yaxshi usuli sifatida buyurilgan qotilliklar edi.
Shleyxer sudda qasamyod qilib, reyxsverning «qora reyxsver» yoki ular sodir etgan qotilliklarga aloqasi borligini rad etib, bir necha bor yolgʻon guvohlik berdi. «Qora reyxsver» aʼzosini qotillikda ayblagan Germaniya Oliy sudi raisiga yuborgan maxfiy maktubida Seekt qora reyxsver reyxsver tomonidan nazorat qilinganligini tan oldi va qotilliklarni hukumat tomonidan Versalga qarshi kurashish maqsadida oqlanganini daʼvo qildi. Shuning uchun sud ham sudlanuvchilarni oqlashi kerak edi. Seekt Shleyxerni yoqtirmasa ham, uning siyosiy mahoratini qadrlardi va Shleyxerga siyosatchilar bilan bogʻliq tobora koʻproq vazifalarni yuklardi.
Veymar Respublikasidagi harbiy-siyosiy roli Seekt homiyligiga qaramay, aynan Shleyxer 1926-yilda sobiq valiahd shahzodani harbiy manevrlarda qatnashishga taklif qilgani haqidagi faktni oshkor qilish orqali, Seektning hokimiyatdan agʻdarishga sabab boʻlgan. Shleyxerning gʻalabasi, shuningdek, Reyxsver ichidagi „zamonaviy“ fraksiyaning ham gʻalabasi boʻldi, u total urush mafkurasini qoʻllab-quvvatladi va Germaniya Yevropaning boshqa xalqlariga qarshi toʻliq urush olib boradigan diktaturaga aylanishini xohladi.
1920-yillarda Shleyxer doimiy ravishda Reyxsverda amal zinapoyalaridan koʻtarilib, armiya va fuqarolik hukumati amaldorlari oʻrtasidagi asosiy vositachiga aylandi. U 1924-yil 1-yanvarda podpolkovnik, 1926-yilda polkovnik unvoniga sazovor boʻldi. 1929-yil 29-yanvarda u general-mayor unvoniga sazovor boʻldi. Shleyxer odatda sahna ortida ishlashni afzal koʻrardi, doʻstona gazetalarda hikoyalar joylashtirib boshqa hukumat idoralari nimani rejalashtirayotganini bilish uchun tasodifiy informatorlar tarmogʻiga tayandi. 1923-yilgi giperinflyatsiyadan soʻng reyxsver 1923-yil sentyabrdan 1924-yil fevralgacha mamlakat boshqaruvining katta qismini oʻz qoʻliga olshida Shleyxer muhim rol oʻynadi.
1928-yil yanvar oyida Groenerning Mudofaa vaziri etib tayinlanishi Shleyxerning karerasini oshirishga katta yordam berdi. Shleyxerni oʻzining „asrab olingan oʻgʻli“ deb bilgan Groener 1928-yilda Shleyxer uchun Vazirlar ishlari boʻyicha Vazirlar idorasini yaratdi. Yangi idora rasmiy ravishda armiya va dengiz flotining qoʻshma faoliyatlari bilan bogʻliq barcha masalalar bilan shugʻullangan. Harbiylarni boshqa idoralar va siyosatchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatish vazifasini amalga oshirgan. Shleyxer bu mandatni juda keng talqin qilganligi sababli, Ministeramt tezda Reyxsverning siyosatga aralashish vositasiga aylandi. Ministeramtning tashkil etilishi Shleyxerning Reyxsverning bosh siyosiy maslahatchisi lavozimini rasmiylashtirishiga yordam berdi. U 1929-yil 1-fevralda shef-vazir (Chef des Ministeramtes) boʻldi.