Mana Iwabuchi (1993-yil 18-martda tugʻilgan) — yaponiyalik professional futbolchi, FA Ayollar Superligasi (FA WSL) klubi Arsenal va Yaponiya terma jamoasida hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U avvalroq Aston Villa, Bavariya va Xoffenxaym klublarida toʻp surgan.
Ajoyib isteʼdod egasi Iwabuchi aql bovar qilmaydigan toʻp uzatish va ajoyib toʻp nazoratiga ega boʻlgan iqtidorli texnik oʻyinchi sifatida tanilganhttps://breakingthelines.com/player-analysis/mana-iwabuchi-arsenal-womens-creative-genius/. Boʻyi pastligi va raqiblarini osonlikcha aldab oʻta olishi tufayli unga oʻz mamlakatida argentinalik afsonaviy Diego Maradona sharafiga mehr bilan Manadona laqabini berishgan.
Koʻpchilik uchun Yaponiyada ayollar futbolining yuzi sifatida tanilgan Iwabuchi 16 yoshidan boshlab Yaponiya ayollar futbol jamoasini himoya qilib, jahon sahnasida oʻzining eng katta muvaffaqiyatlariga erishgan. U 2010-yilda milliy terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va oʻshandan beri Yaponiya terma jamoasi safida 82 ta oʻyin oʻtkazib, 36 ta gol urganhttps://www.jfa.jp/eng/nadeshikojapan/member/iwabuchi_mana.html. Ketma-ket uchta Ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi turnirlarida qatnashgan Iwabuchi 2011-yilda atigi 18 yoshida Germaniyada boʻlib oʻtgan finalda oʻrinbosar sifatida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, Iwabuchi 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarining kumush medali va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarining oltin medaliga ega.
Iwabuchi ikki marta IFFHS OFK oʻn yillikning eng yaxshi ayollar jamoasi, Osiyoning yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining Oltin toʻpi, OFK U-19 chempionatining eng yaxshi sovrindori va Oltin butsa, EAFF ayollari nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Ikki karra Futbol chempionatining Oltin butsasi va ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogining eng yaxshi futbolchisi. Mukofotlar roʻyxati orasida u Yaponiya Bosh vaziri tomonidan dunyo miqyosida berilgan nufuzli hukumat mukofoti boʻlgan Xalq sharafi mukofotining eng yosh (18 yosh 5 oy va 0 kunlik) laureati hisoblanadi. Iwabuchigacha ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan eng yosh shaxs yaponiyalik figurali uchuvchi va ikki karra Olimpiya chempioni Xanyu Yuzuru (23 yosh, 6 oy va 25 kun) hisoblanar edi.
Futbolga ilk qadamlar
Musashinoda tugʻilib oʻsgan Iwabuchi futbol oʻynashni boshlagan va olti yoshida sportga mehr qoʻygan. Oʻsha paytda u pianino va balet saboqlarini ham olgan. Biroq, uning akasi Ryota va uning futbol klubining murabbiyi uni taxminan bir yil davomida ularga qoʻshilishga koʻndirishga harakat qilishdi. Nihoyat, sakkiz yoshida Iwabuchi uning izidan borib, aksi oʻynagan mahalliy Sekimae SC klubiga qoʻshildi. Uning isteʼdodi erta ochilib bordi va unga kattaroq bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazishga ruxsat berildihttps://real-sports.jp/page/articles/265377597813163165. Klub dastlab Sekimae Boys Football Club deb nomlangan, ammo Iwabuchi qoʻshilgan birinchi qiz boʻlgani uchun ular klub nomini Sekimae Football Club deb oʻzgartirdilar_ jr-soccer.jp. Проверено 24 ноября 2021.
Uning akasi Ryota ham professional futbolchi boʻlib, hozir Fujieda MYFC jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Karyerasi Klubdagi karyera Nippon TV Beleza (2007—2012)
2007-yil 21-oktyabrda 14 yoshida u Yaponiyaning ayollar futboli oliy divizionining amaldagi chempioni Nadeshiko ligasida Nippon TV Beleza jamoasida debyut qildi. Iwabuchi keyingi yili asosiy jamoaga oʻtdi va 2008-yilgi mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotiga sazovor boʻldihttp://www.nadeshikoleague.jp/data/pdf/020.pdf.
2010-yil 22-avgust kuni boʻlib oʻtgan Nadeshiko Liga kubogi finalida u oʻyinning 90-daqiqasida gʻalaba toʻpini kiritib, raqiblari Urava Reds Ladies ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi va turnirning MVP sovrinini qoʻlga kiritdi. Oʻzining golli hissasiga jamoadoshlari va ommaviy axborot vositalarining olqishlariga qaramay, u shunday dedi: Bugun ham men oxirgi daqiqadan boshqa hech narsa qilmadim. Men baxtliman, lekin bundan ham koʻproq oʻzimdan hafsalam pir boʻldi. Shuning uchun men Sava-sanga bir qadam ham yaqinlashish uchun koʻp mehnat qilmoqchiman Iwabuchi 17 yoshida yangi mavsum oldi yaponiyalik afsonaviy Homare Savadan 10-raqamli formani qabul qilib oldi.
2011-yilgi mavsumda u jamoada eng yaxshi natijani qayd etdi. Eng mehnatkash futbolchi mukofotini oldi va kuchli oʻn bir futbolchi ichidan joy oldihttp://www.verdy.co.jp (на японском языке). Проверено 24 ноября 2021 г..
2012-yil yanvar oyida u oʻng oyogʻining kichik barmogʻida stress sinishiga uchradi va uch oy davomida safdan chiqdi. Bu uni fevral va mart oylarida terma jamoadagi oʻyinlaridan voz kechishga majbur qildi, ammo u 2012-yilgi mavsumning birinchi oʻyiniga sogʻlom holatda yetib keldihttps://www.nikkansports.com/soccer/news/f-sc-tp0-20120415-934597.html.
Xoffenxaym (2012—2014)
2012-yil 28-noyabrda Iwabuchi 2-Bundesligada Xoffenxaymga qoʻshildi va professional futbolchi sifatida Beleza uchun kiygan birinchi raqam boʻlgan 28-raqamli futbolkani tanladihttp://www.verdy.co.jp/lancelot/cms/siteuser/newsdetail/user_id/f98c078b5e46cce02fd686fadbff9929/id/33718451b19ca90f357ddcd63762e522https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/canada2015/news/origin1904-p.cxm.fifa.comiwabuchi-striving-for-greatness-2231582. 2013-yilning 17-martida u SV Bardenbaxga qarshi safarda 6:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qildi va 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdihttps://www.achtzehn99.de/newsarchiv-2/newsarchiv-2013/maerz-2013/frauen-hoffenheim-verteidigt-spitze-beim-schlusslicht/. 2013-yil 31-mart kuni u birinchi golini FFC Niederkirchen darvozasiga kiritdi, oʻyinda Iwabuchi jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondihttps://www.achtzehn99.de/newsarchiv-2/newsarchiv-2013/maerz-2013/frauen-hoffenheim-zurueck-in-der-spur-sieg-in-niederkirchen/. Iwabuchi 2012-13-yilgi mavsumni toʻqqizta oʻyinda toʻrtta gol bilan yakunladi, Xoffenxaym Janubiy divizionda gʻolib chiqdi va Bundesligaga koʻtarildihttps://www.dfb.de/en/data-center/people/mana-iwabuchi/player/.
Keyingi mavsumda u forma raqamini 13 ga oʻzgartirdi. 2013-yil 8-sentyabrda u VfL Sindelfingenga qarshi oʻz uyida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan Xoffenxaymning yagona golini kiritdihttps://www.achtzehn99.de/newsarchiv-2/newsarchiv-2013/september-2013/iwabuchi-rettet-premierensieg-in-der-bundesliga/. Mavsumning oxirgi oʻyinida Iwabuchi oʻzining boʻlajak klubi Bavariya bilan toʻqnash keldi oʻyinda u 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi, Xoffenxaym ikkita gol urgan boʻlishiga qaramay 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchrashdi va jamoa quyi ligaga tushib ketdihttps://ameblo.jp/buchilife/entry-11871651668.html https://www.goal.com/en-gb/match/bayern-m%C3%BCnchen-v-hoffenheim/lineups/1vomfw7l47fsbqdzjy1e9k5ec. U 2013–14-yilgi mavsumni barcha musobaqalarda 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol bilan yakunlagan.
Bavariya
2014-yil iyun oyida Iwabuchi Xoffenxaymdan Bavariyaga yoʻl oldihttps://www.vavel.com/en/international-football/2016/02/01/germany-bundesliga/599261-iwabuchi-extends-contract-with-bayern-munich.html. 2014-15-yilgi mavsumda u Bavariya jamoasining bir qismiga aylandi Bundesligada magʻlubiyatsiz seriayni amlaga oshirishdi va 1976-yildan beri birinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritishdiBavariya jamoasining bir qismi boʻldi. Afsuski, jarohatlar uning Bavariyadagi oʻyiniha xalal berdi. 2015-yil fevral oyida u oʻng tizzasining lateral ligamentini shikastladi, ammo iyun oyida boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati tufayli operatsiya qilmaslikni tanladi va buning oʻrniga konservativ davolanish yoʻlidan yurdi. Yaponiya finalda AQShga magʻlub boʻlgan jahon chempionati yakunlanganidan soʻng, Iwabuchining jarohati mavsum oldi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida ogʻirlashdi va avgust oyida tizzasidan jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga majbur boʻldinikkansports.com (на японском языке). Проверено 24 ноября 2021 г..
2016-yil 30-yanvarda u shartnomani ikki yilga uzaytirdihttps://www.bavarianfootballworks.com/2016/1/31/10878372/mana-iwabuchi-signs-bayern-munich-contract-extensionhttps://fcbayern.com/us/news/2016/01/iwabuchi-extends-contract-through-2018. U 2015-16-yilgi mavsumning soʻnggi kunida oʻzining sobiq jamoasi Xoffenxaymga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynab, jamoasiga ketma-ket ikkinchi mavsumda Bundesliga chempionlik kubogini koʻtarishga yordam berdihttps://ameblo.jp/buchilife/entry-12162469089.html https://fcbayern.com/us/news/2016/05/fcb-women-celebrate-bundesliga-title.
Biroq, 2017-yil mart oyida shartnomasi tugashiga bir yil qolganiga qaramay, jarohatini tiklashga eʼtibor qaratish uchun Yaponiyaga qaytishga va buning uchun klub bilan shartnomasini bekor qilishga majbur boʻldihttps://ameblo.jp/buchilife/entry-12261661294.html.
INAC KOBE LEONESSA (2017—2020)
2017-yil 23-iyunda Iwabuchi INAC Kobe Leonessa bilan shartnoma imzoladihttps://www.sankei.com/photo/story/news/170627/sty1706270013-n1.html. U bir nechta klublardan takliflar oldi va Kobe Leonessa bilan shartnoma imzolashga qaror qilgani koʻpchilikni ajablantirdi, chunki ular u yoshligini oʻtkazgan va avval oʻynagan NTV Belez klubining asosiy raqiblari sanalardi. U bu klubni tanlaganini, chunki unga katta ishtiyoq bilan qarashganini va yana bosh murabbiy Takeo Matsuda qoʻl ostida oʻynashni xohlaganini aytdi. Iwabuchi 14-15 yoshida NTV Beleza jamoasida uning murabbiyi edi. Iwabuchi jurnalga bergan intervyusida shunday dedi: Oʻsha paytda mashgʻulotlarga zoʻrgʻa ulgurardim, lekin u shunda ham men bilan oʻyin oʻtkazardi. Ammo koʻp narsa qila olmaganim uchun xafa boʻlganimni eslayman. Shuning uchun men qaytib kelib, unga oʻyinchi sifatida qanchalik oʻsganimni koʻrsatishni va undan yana futbol oʻrganishni xohlardimhttps://jr-soccer.jp/2017/12/12/post82297/.
2017-yil 9-sentyabrda u MyNavi Sendai Ladiesga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, besh yillik tanaffusdan soʻng Yaponiyadagi Nadeshiko ligasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdihttp://match.nadeshikoleague.jp/2017/nadeshiko1/match_report/m66.pdfhttps://ameblo.jp/buchilife/entry-12311940405.html. Keyin u klub uchun birinchi golini 2017-yil 5-noyabrda Okayama Yang Belle ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdihttps://inac-kobe.com/storage/match/pdf/c3992769843af952f843b188a65bad33374b579b.pdf.
2020-yil 9-avgust kuni u Nadeshiko ligasidagi oʻyinlari sonini 100taga yetkazib oldi.
U klubdagi soʻnggi mavsumida sardorlik bogʻichini oldi, klubda 47 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11ta gol urdi.
Aston Villa
Iwabuchi 2020-yil 21-dekabrda Angliyaning Ayollar Superligasida Aston Villa bilan shartnoma imzolab, 2021-yil yanvarida mavsum oʻrtasida Yevropaga qaytdihttps://inac-kobe.com/news/detail/6523https://www.avfc.co.uk/news/2020/december/Mana-Iwabuchi-signs-for-Villa-Women-/. Iwabuchining oʻzi shunday dedi: Hozirda men dunyoning eng jozibali ligasida oʻynaydigan klubdan taklif olganimdan soʻng, hech ikkilanmasdan u yerga koʻchib oʻtmoqchiman.
U oʻzining birinchi golini Redingga urdi va klubga 2021-yil 23-yanvarda "Reding"ga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirdihttps://herfootballhub.com/aston-villa-women-reading-fa-wsl-mana-iwabuchi-match-report/.
Arsenal
Iwabuchining Villa bilan qisqa muddatli shartnomasi 2021-yil iyun oyi oxirida tugadihttps://www.avfc.co.uk/news/2021/may/Villa-Women-announce-player-departures/. 2021-yil 26-mayda u keyinchalik Arsenalga oʻtishi eʼlon qilindihttps://www.arsenal.com/news/mana-iwabuchi-signs-arsenal. Xabar qilinishicha, klub uni 2019-yilning yozidan, keyin esa 2020-yilning qishidan boshlab sotib olishga uringan, biroq Yaponiya futbol assotsiatsiyasi uni Tokio-2020 Olimpiadasiga qadar Yaponiyada qolishini istagan va sotib olishni man etganhttps://arseblog.news/?p=72786.