Kozue Ando (; 1982-yil 9-iyulda tugʻilgan) – yaponiyalik futbolchi. Hozir Ando Urava Reds safida klub futbol oʻynamoqda. U 2015-yilda yilgacha Yaponiya terma jamoasi tarkibida toʻp surgan. 2015-yilda esa Yaponiya terma jamoasidagi faoilyatini yakunlagan.
Klubdagi Karyera
thumb|280px|Yapon futbolchisi Ando Kozue Ando 1982-yil 9-iyulda Utsunomiyada tugʻilgan. 2002-yilda Tsukuba universiteti talabasi boʻlganida, u Saitama Reinas FC (keyinchalik Urava Reds)ga qoʻshilish uchun universitet klubini tark etgan. 2002-yilgi mavsumda u 10 ta gol urdi va „Yosh oʻyinchi“ mukofoti bilan taqdirlandi. U eng yaxshi toʻpurarga aylandi 2004 va 2009-yillarda MVP mukofotiga loyiq deb topildi. Shuningdek, u 6 marta Best Eleven tomonidan tanlangan. 2010-yildan beri Germaniya Bundesligasining Duysburg, Frankfurt va Essen klublarida oʻynagan. Frankfurtda u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi 2014/15-mavsumida gʻolib chiqdi. 2017-yil iyun oyida u Yaponiyaga qaytib, Urava Reds safiga qoʻshildi.
Terma jamoadagi karyera
1999-yil iyun oyi, Ando 16 yoshga toʻlganida, 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Yaponiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Ushbu musobaqada u 26-iyun kuni Norvegiyaga qarshi debyut qildi. U toʻrt marta jahon chempionatida va uch marta yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ando finalda AQSHni penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2011-yilgi jahon chempionatida gʻalaba qozongan jamoa aʼzosi edi. Finalni Ando boshlab berganhttps://www.theguardian.com/football/2011/jul/17/usa-japan-live-world-cup-final. Ando shuningdek, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalhttp://www.olympic.org/olympic-results/london-2012/football/football-w va 2015-yilgi Jahon kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. JCh-2015da Shveysariyaga qarshi birinchi oʻyinda u penalti ishladi, ammo oʻsha paytda u chap toʻpigʻini sindirib oldi. Bu oʻyin uning Yaponiya terma jamoasidagi soʻngi oʻyini boʻldi. 2015-yilgacha Kozue Ando Yaponiya terma jamoasi safida 126 oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan.
Taʼlim
Ando Utsunomiya qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 2018-yil may oyida Tsukuba universitetida jismoniy tarbiya, salomatlik va sport fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
thumb|280px|Ando Dyusburg tarkibida
Karyera statistikasi Klubdagi statistika
KlubMavsumLigaKubokLigaQitʼa1UmumiyOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolUrawa Reds20021110--2003208--20041412--2005211347--2520200617632--208200721183221-26212008211321--23142009211841--2519Umumiy1469821- Duisburg2009–1010631-201572010–1120531421013792011–1217623--1992012–1311221--133Umumiy5819106421218428Frankfurt2012–13104-Umumiy104Karyerada umumiy21412163121
Terma jamoadagi statistika thumb|right|280px|<center>Ando 2011-yilgi jahon chempionatida
Yaponiya terma jamoasiYilOʻyinGol1999102000502001002002502003122004612005912006163200790200816320093120108620111802012130201351201440201571Umumiy12619
Xalqaro gollar Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir 1. 30-Iyul 2006-yil Hindmarsh Stadium, Adelaida, Australiya 1–3 2–3 2006 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi 2. 31-May 2008-yil Thống Nhất Stadium, Hồ Chí Minh City, Vietnam 3–0 11–0 2008 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi 3. 2-Iyun 2008-yil 1–0 3–1 4. 22-May 2010-yil Chengdu Sports Centre, Chengdu, Xitoy 4–0 4–0 2010 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi 5. 24-May 2010-yil 1–0 2–1 6. 30-May 2010-yil 1–0 2–0
Yutuqlar
Klubda Urawa Reds Ladies L.Liga gʻolibi 2004, 2009
FCR 2001 Duisburg DFB Pokal gʻolibi 2009/10-yillar
Frankfurt DFB Pokal gʻolibi 2013/14-yilar UEFA Ayollar oʻrtasida chempionlar ligasi gʻolibi 2014/15-yillar
Terma jamoada FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati gʻolibi 2011-yil
Shaxsiy yutuqlar MVP 2004, 2009 Best Eleven 2002, 2004, 2005, 2007, 2008, 2009 Eng yaxshi yosh oʻyinchi 2002
Manbalar
Havolalar
Japan Football Association
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yaponiyalik ayol futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Ayol futbol hujumchilari