İso Habibbeyli Iso Akbar oʻgʻli Habibbeyli Akademik Isa HabibbayliTavallud sanasiTavallud joyi25px Danzik, Sharur rayoni, Naxchivon MR, OzarbayjonFuqaroligi25px OzarbayjonIlmiy mutaxassisligifilologiyaIsh joyiOMFAIlmiy darajasifilologiya fanlari doktoriIlmiy nomiakademikTaʼlimiNaxchivon Davlat Universiteti Filologiya fakulteti (1967-1971), OMFA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Instituti aspEronturasi (1974-1978)MukofotlariXizmat koʻrsatgan ilmiy xodim
Iso Akbar oʻgʻli Habibbeyli (16-oktyabr, 1949, Sharur, Naxchivon MSSR) – Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining prezidenti (2022), filologiya fanlari doktori (1996), professor (1997), Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan ilmiy xodim (1999), OMFA faxriy aʼzosi (2003).
Hayoti Iso Habibbeyli 16-oktyabr 1949-yilda Naxchivon MSSR Sharur rayonining Danzik qishlogʻida tugʻilgan. Ozarbayjon Davlat Pedagogika Instituti Naxchivon filialining til-adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan.
Filologiya fanlari doktori, professor. Otaturk Madaniyat, Til va Tarix Tashkiloti aʼzosi. Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasi va Ozarbayjon Jurnalistlar Uyushmasi aʼzosi. Xizmat koʻrsatgan ilmiy xodim.
1971-yilda Sharur rayonida qishloq oʻrta maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1975-yildan Naxchivon Davlat Universitetida oʻqituvchi, dotsent, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 1996-yildan 2013-yilgacha esa Naxchivon Davlat Universiteti rektori vazifasida ishlagan.
2013-yil aprel oyidan Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti.
Yangi Ozarbayjon Partiyasi aʼzosi. Birinchi va ikkinchi chaqiriq Naxchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan. III chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati boʻlgan (2005-2010). Hozirgi kunda IV chaqiriq Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputatidir. Milliy Majlisning Fan va taʼlim masalalari doimiy komissiyasi aʼzosi. Ozarbayjon-Belgiya, Ozarbayjon Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon-Pokiston, Ozarbayjon-Yaponiya parlamentlararo munosabatlar boʻyicha ishchi guruh aʼzosi.
1996-yildan Yangi Ozarbayjon Partiyasi aʼzosi.
Oilasi Oilali, 3 farzandi bor.
Ilmiy faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari
OMFA Nizomiy nomidagi Adabiyot institute aspEronturasida „Adabiyot nazariyasi“ mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olgan (1974-1978). „XX asr boshlari Ozarbayjon romantik lirikasi“ mavzusida nomzodlik (57.15.01 — Adabiyot nazariyasi) (1980), „Jalil Mammadqulizoda: muhiti va zamondoshlari“ (5716.01 - Ozarbayjon adabiyoti tarixi;) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan (1996). Filologiya fanlari doktori, professor (1997). 2001-yilda OMFA muxbir aʼzosi (mutaxassisligi nomi: Ozarbayjon adabiyoti), 2003-yilda esa OMFA haqiqiy aʼzosi (mutaxassisligi nomi: Adabiyotshunoslik) etib tayinlangan. 2001-yildan Nyu-York Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi. 2006-yilda BMT qoshidagi Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining haqiqiy aʼzosi, 2010-yilda Amerika Biografiya Instituti akademiki etib saylandi. 89 kitob, 1428 maqola, 212 xorijda chop etilgan ilmiy maqola muallifi. 29 fanlar nomzodi, 4 fanlar doktorining ilmiy rahbari boʻlgan. Kitoblariː 12 monografiya, 1 oʻrta maktab darsligi, 2 oʻquv qoʻllanma, 28 broshura, 21 kitobning tuzuvchi muallifidir. Asarlari Ozarbayjon tilidan tashqari ingliz, fransuz, rus, turk, arab, fors, urdu, bolgar va vengr, litva va boshqa tillarida chop etilgan. Tadqiqot sohasi Ozarbayjon adabiyoti tarixi, adabiyot nazariyasidir. AQSh, Angliya, Chin, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Eron, Iroq, Bolgariya, Avstriya, Misr Arab Respublikasi, Tunis, Ukraina, Pokiston, Vengriya, Qozogʻiston, Gruziya, Mongoliya va boshqa mamlakatlarda rasmiy safarlarda boʻlgan, xalqaro simpozium, qurultoy va konferensiyalarda ilmiy maʼruzalar bilan chiqish qilgan.
Asosiy ilmiy yutuqlari
XIX-XX asrlar Ozarbayjon adabiyoti bosqichlari va muammolarining, Jalil Mammadqulizoda, Muhammad Tagi Sidqi, Aynalibey Sultonov, Muhammad ogʻa Shaxtaxtinskiy merosining tadqiqi; Romantik poeziyaning nazariy muammolari, poetikasining tadqiq etilishi; Ozarbayjon adabiyotining davriy konsepsiyasi va taraqqiyot bosqichlari; Satira haqida nazaiy tadqiqotlar; Adabiyot nazariyasining aktual masalalari.
Ishlagan sohalari
Naxchivon Davlat Universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1991-1996); Naxchivon Davlat Universiteti rektori (1996-2013); Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti (2013-cü ildən); Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Instituti direktori (2013-yildan). Ozarbayjon Milliy Ensiklopediyasi tahrir hay’ati sadri muovini (2018-yildan).
Respublika, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning ilmiy tashkilotlaridagi aʼzoligi
Otaturk Madaniyat, Til va Tarix Tashkiloti aʼzosi (1999), Ozarbayjon Respublikasi Davlat Mukofoti Komissiyasi aʼzosi, Dunyo ozarbayjonlari aloqalari shurasi aʼzosi (2001), BMT qoshidagi Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining haqiqiy aʼzosi (2006), Moskvada nashr etilgan „Xalqaro ilmiy jurnal“ tahrir hay’ati aʼzosi (2008).
Ijtimoiy-siyosiy faoliyati
Naxchivon Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1998-2005) Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati (2005-yildan). Milliy Majlisning Fan va taʼlim masalalari doimiy komissiyasi aʼzosi (2015-yildan). Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi qoshidagi Toponimiya komissiyasi sadri (2015-yildan). Yangi Ozarbayjon Partiyasi Siyosiy kengashi aʼzosi Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomnoma Komissiyasi sadri (2013-yildan). OMFA „Xabarlar“ jurnali Bosh redaktori Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Instituti „Adabiyot majmuasi“, „Poetika.izm“, „Adabiy aloqalar“ jurnallarining Bosh muharriri OMFA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Instituti Dissertatsiya Kengashi sadri.
Saylanma asarlari
Romantik lirika imkonlari. Boku, „Yozuvchi“, 1984 Adabiyot nazariyasi. Boku, ODPI nashri, 2005 Jalil Mammadqulizoda. Boku, „Nur“, 1987 XX asr boshlarida yashagan Ozarbayjon yozuvchilarining biografiyalari. Turkiya, Erzurum Otaturk Universiteti, 1992 Jalil Mammadqulizoda: muhiti va zamondoshlari. Boku, „Ozarnashr“, 1997; toʻldirilgan ikkinchi nashri, Naxchivon, „Ajamiy“, 2009 Xalq shoiri Mammad Araz. Boku, „Fan“, 1999 Dcalil Mamedkuluzade (Molla Nasreddin). Moskva, „Nauka“, 1999 Ustoz Muhammadhusayn Shahriyor. Boku, „Fan“, 1999 Shahriyor dunyosi. Eron, „Zufa nashrlari“, 2002 Haydar Aliyev va Naxchivon Davlat Universiteti. Boku, 2002 Mulla Nasriddinchi karikatura ustasi. Naxchivon, „Kemaqoya“, 2002 Mashhur Ozarbayjon mutafakkiri Jalil Mammadqulizoda asarlari bilan. Pokiston, Islomobod, 2004 XX asr boshlaridagi Ozarbayjon yozuvchiları. Boku, „Nurlan“, 2004 Adabiyot (XI sinf). Mualliflar kollektivi. Darslik. Boku, 2006; 2008; 2010 Adabiy-tarixiy xotira va zamonaviylik. Boku, „Nurlan“, 2007 Azerbaydjanskaya literatura nachala XX veka. Moskva, „Triada“, 2008 Ozarbayjon mutafakkir yozuvchisı Jalil Mammadqulizoda (arab tilida). Tarjimon prof. Jalol Hifnaviy. Misr, Qohira, 2008 Jalil Mammadqulizoda (tanishtiruv kitobi). Ozarbayjon, ingliz, rus va fransuz tillarida). Naxchivon, „Ajamiy“, 2009 Jalil Mammadqulizoda. Ukraina, Sevastopol, „Delta“, 2010 Jalil Mammadqulizoda. Eron, Urmiya, 2010 Jalil Mammadqulizoda. Tanlangan hikoyalar (tuzuvchi va soʻz boshi muallifi Iso Habibbeyli). Vengriya, Budapesht, 2011.
Ozarbayjonda chop etilgan ilmiy maqolalari
Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan ilmiy maqolalari
Mukofotlari
1999-yilda — Taʼlim Vazirligi faxriy farmoni bilan taqdirlandi. 1999-yilda — Ozarbayjon Respublikasi „Xizmat koʻrsatgan ilmiy xodim“ faxriy nomiga loyiq koʻrildi; 1999-yilda — "Anqara universitetining faxriy doʻsti nomiga loyiq koʻrildi. 2001-yilda — Amerika Biografiya İnstituti tomonidan „Yil odami“ deb eʼlon qilindi. 2004-yilda — Turkiya Respublikasi Til Qurumining „Xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlandi. 2007-yilda — "Shuhrat" ordeni bilan mukofotlandi; 2009-yilda — "Sharaf" ordeni bilan mukofotlandi; 2009-yilda — Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining „İnformatsiya olami elitasi“ diplomiga va "XIX-XX asrlar Ozarbayjon adabiyotining (Mirza Jalil) va Ozarbayjonda zamonaviy ilmiy-badiiy fikr rivoji „Ilmiy yoʻnalish rahbari“ medaliga zsazovor boʻldi. 2009-yilda — Turkiya Respublikasi Yevrosiyo Madaniyat va Sanʼat Qurumining ramziy mukofotiga sazovor boʻldi. 2009-yilda — Turkiya Respublikasi Husayn Gʻoziy Madaniyat va Sanʼat Vaqfi mukofotiga loyiq koʻrildi. 2009-yilda — Naxchivon MR Oliy Majlisi Faxriy Farmoni bilan taqdirlangan. 2009-yilda — Naxchivon MR Oliy Majlisi Sadri Faxriy Farmoni bilan taqdirlangan. 2009-yilda — Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Faxriy farmoni bilanə taqdirlangan. 2009-yilda — - Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining XIX-XX asrlar Ozarbayjon adabiyotining va Ozarbayjonda zamonaviy ilmiy-badiiy fikr rivoji „Ilmiy yoʻnalish rahbari“mukofoti bilan taqdirlangan. 2013-yilda — „The Name in Science Award“ („Fandə ad“) mukofotiga sazovor boʻldi; 2015-yilda — Iso Habibbeyli „Ustoz Shahriyor madaniyat medali“ bilan taqdirlangan; 2017-yilda — İLESAM „Turk dunyosi faxr medali“ bilan taqdirlangan. 2018-yilda — Akademik Iso Habibbeyli Turk Adabiyoti Vaqfining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.
Havolalar
Akademik Iso Habibbeyli Turk Adabiyoti Vaqfining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi Choʻqqiga olib boruvchi yoʻllarda Akademik İso Akbar oʻgʻli Habibbeyli
Manbalar
Turkum:Ozarbayjonda tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon filologlari Turkum:Ozarbayjonlik yozuvchilar Turkum:Ozarbayjon davlat arboblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar