Ermanov Farhod Oʻrozboyevich (1958-yil 30-aprel, Amudaryo tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, senator. 2022-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimi.
Biografiyasi Farhod Ermanov 1958-yil 30-aprelda Qoraqalpogʻiston ASSRning Amudaryo tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliyhttps://kun.uz/ru/99481999. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1975—1976-yillarda Amudaryo tumani Mangʻit shahar profilaktika va dezinfeksiya boʻlimi xodimi.
1981—1995-yillarda avtomexanik, bosh muhandis, Amudaryo tumani „Mangʻit“ xoʻjaligi direktori, 1995—1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998—2002-yillarda Amudaryo viloyati „Mangʻit“ fermer xoʻjaligi raisihttps://centrasia.org/person2.php?st=1013880735.
2002—2004-yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifalarida ishlagan.
2004—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2007-yilda qisqa muddat Toʻrtkoʻl tumani hokimi bo'lib ishladihttps://kun.uz/ru/99481999.
2007—2010-yillarda qayta Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirihttps://centrasia.org/person2.php?st=1013880735.
2010—2018-yillarda Beruniy tumani hokimi.
2018-yil 21-apreldan 2022-yil 17-dekabrgacha Xorazm viloyati hokimiNaznachen i. o. xokima Xorezmskoy oblasti.
2022-yil 17-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi.
Farhod Ermanov ShHTga aʼzo davlatlar hududlari rahbarlarining forumi doirasida turizmga doir bir qator tashabbuslarni ilgari surgan. SHHTga aʼzo mamlakatlar hududlarining sayyohlik salohiyati namoyish qilish hamda sayyohlik yoʻnalishlari boʻylab oʻzaro axborot va matbuot turlarini tashkil etish; Tashkilot hududida mavjud turistik salohiyatni targʻib qilish, turizm sohasidagi qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish; Xorazmda SHHT mamlakatlari mehmonxona tarmogʻi filialini ochish kabilar shular jumlasidan.
Mukofotlari Farhod Ermanov "Taʼlim homiysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan
Manbalar
Havolalar Rasmiy sahifasi Facebookda Rasmiy sahifasi Instagramda
Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari