Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi sohasida davlat boshqaruv organidir.
Tarixi Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash boʻyicha Respublika markazi 1992-yili tashkil etilib, 1996-yilgacha faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Prezidentining 1996-yil 4-martdagi farmoni bilan tashkil etilgan.
Vazifalari Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etadi, aholi hayoti va salomatligini, tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatadi. Zararlarni kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT) faoliyatini taʼminlaydi. Oʻzbekiston fuqaro muhofazasi ishiga rahbarlik qiladi. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qiladi. Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda xalq xoʻjaligi obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
Tashkiliy tuzilishi Yongʻin xavfsizligi xizmatiYOXBB FVV tizimiga oʻtkazildi Tezkor shtab Profilaktika boshqarmasi Qutqaruv kuchlari boshqarmasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va maʼlumotlar boshqarmasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi Moliya boshqarmasi Moddiy texnik taʼminot boshqarmasi Kapital qurilish boshqarmasi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi FV oldini olish harakat tizimi boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi Ishlar boshqarmasi Tibbiyot boshqarmasi Xalqaro hamkorlik boʻlimi Yuridik boʻlim Qamchiq dovoni maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi Girometeorologiya markazi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi Tez harakat qilish Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi Davsuvxoʻjaliknazorat Markaziy baza Vazirlar 1996—1997 — Ismoil Joʻrabekov 1997—2000 — Rustam Ahmedov 2000—2001 — Bahodir Qosimov 2001—2002 — Ravshan Haydarov 2002—2002 — Botir Parpiyev 2002—2006 — Baxtiyor Subanov 2006—2008 — Qobul Berdiyev 2008—2010 — Qosimali Ahmedov 2010—2016 — Tursinxon Xudayberganov 2017—2018 — Rustam Joʻrayev 2018—2022 — Tursinxon Xudayberganov 2022—2025 — Abdulla Qoʻldoshev 2025—2026 — Botir Qudratxoʻjayev 2026-yildan — Azizbek Ikromov
Manbalar
Havolalar
Favqulodda vaziyatlar Favqulodda vaziyatlar Turkum:1996-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar