Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — Oʻzbekistonda iqtisodiyot sohasida boshqaruv organidir.

Tashkil topishi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisidiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-yanvardagi 37-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tarkibiy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2385-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan 2018-yilda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida“gi Qarori bilan tashkil etildi.

Vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid prognozlarni hamda dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiradi.

Vazirlar 2002-2005 — Rustam Azimov (makroiqtisodiyot va statistika vaziri sifatida) 2005-2006 — Vyacheslav Golishev 2006-2009 — Botir Xoʻjayev 2009-2010 — Sunnatilla Bekenov 2010-2011 — Ravshan Gʻulomov 2011-2017 — Galina Saidova 2017-2020 — Botir Xoʻjayev 2020-2022 — Jamshid Qoʻchqorov 2022-yildan — Sherzod Qudbiyev

Manbalar

Havolalar

Iqtisodiyot Turkum:2002-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar