Qirol Fahd Xalqaro Stadioni (ingl. King Fahd International Stadium) – Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda joylashgan koʻpmaqsadli stadion. Saudiya Arabistonidagi eng yirik stadion, sigʻimi 67 ming tomoshabinga moʻljallangan. Asosan futbol oʻyinlari uchun ishlatiladi, shuningdek ushbu stadionda yengil atletika va boshqa yozgi sport turlari musobaqalari ham oʻtkaziladi. Stadion 1987-yilda qurib bitkazilgan, stadion nomi Saudiya Arabistoni Qiroli Fahd sharafiga qoʻyilgan. Uy jamoalari: Al-Hilol va Al-Shabab futbol klublari hamda Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi.
Manbalar
Havolalar World Stadium Article World Football Profile Soccerway Profile
Turkum: Saudiya Arabistoni stadionlari