Daler Xonzoda (asl ismi: Xonov Daler Husniddinovich,1-Aprel, 1989 tugʻilgan), — istedodli o'zbek qoʻshiqchisi oʻzbek, fors, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida qoʻshiqlar kuylaydi.

Hayoti va ijod faoliyati Daler 1989-yil 1-aprel kuni oʻzbek oilasida tavallud topgan. 1993-yil Oʻzbekistonning Samarqand viloyatiga koʻchib kelgan. 1996-yil Samarqand shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi №1 oʻrta maktabga borgan. 2004-yildan Daler musiqa sanʼatini oʻrgana boshlagan. 2005-yil Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi Akademik Litseyga oʻqishga qabul qilingan.

Daler 2006-yil gitara va fortapianoni oʻzi chalishni oʻrgana boshlagan. Yosh qoʻshiqchi 2009-yil oʻz shaxshiy studiyasini ochdi va oʻzi qoʻshiq yoza boshlagan. 2011-yil 5-avgust kuni Daler „Pan Terra“ studiyasi bilan shartnoma imzolagan va „Sahro“ guruhining solistiga aylanganSahro guruhi Haqida. Shu yili „M&TVA-2011“ loyihasining „Yil kashfiyoti“ nomanatsiyasini qoʻlga kiritgan. 2012-yil „Biz bir jamoa, biz bir oila“ aktsiyasida ishtirok etdi va oʻzining kontsert chiqishlari bilan butun respublikada gastrol safarda boʻlgan. 2012-yil „M&TVA-2012“ loyihasining „Video klip syomkasi uchun grand“ni qoʻlga kiritgan„M&TVA-2012“ „Video klip syomkasi uchun grand qoʻlga kiritdi“.

2013-yil „Zoʻr Zoʻr Star“ loyihasida Daler Xonzoda jyuri aʼzosi boʻlib ishtirok etdiDaler Xonzoda „Zoʻr Zoʻr Star“ jyuri aʼzosi. Shu yili „Pan Terra“ studiyasi bilan kontrakt shartnomalari tugallandi va „Sahro“ guruhini tark etib yolgʻiz ijod qilishni boshladi. 2014-yil Daler Xonzoda Qoraqalpog'iston respublikasiga kontsert berishni rejalashtirmoqda.

Mukofotlar „M&TVA-2011“ „Yil kashfiyoti“ (2011) „M&TVA-2012“ „Video klip syomkasi uchun grand qoʻlga kiritdi“ (2012)

Qoʻshiqlari „Bez menya“ „Odinok“ „Sahroingman“ „Time is gone“ „Salomaleykum“ „Crazy for you“ „Begu“ „Sensiz“ „Skazka“ „Angel“ „Ayyor yorim“ „Esleme“ (Qoraqalpoq tilida) „Eslama“ „Help me“ „Mariya“ „Ya s toboy“ „Yod kardam“ „Lyubov vostochnaya“ „Vspominay“ „Dardlarim aytay“ „Turo mexom didan“ (Fors tilida)

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti Facebookdagi rasmiy sahifasi Yotubedagi rasmiy kanali

Turkum:Oʻzbekiston qo'shiqchilari Turkum:Musiqachilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar