Prus tili — boltiq tillaridan biri, baʼzan uni nemis tilining prus shevalaridan farqlash uchun qad. prus tili deb ham atashadi. Prus tili Boltiqboʻyining janubi-sharqida, Visla daryosining sharqida tarqalgan; 2-ming yillikning boshlarida uning tarqalish hududi torayadi. XVIII asr boshida esa Prus tili o’lik tilga aylanib, pruslarning avlodlari nemis tilida soʻzlasha boshlaganlar.

Prus tilining XIV—XVI asrlardan saqlanib qolgan yodgorliklari — 800 soʻzli nemischa-pruscha, 100 soʻzli pruscha-nemischa lugʻatlar, bir qator hujjatlar, sheʼriy parchalar hamda nemis tilining prus shevalari va polyak tilidan oʻtgan oʻzlashmalar bu til haqida muayyan tasavvur uygʻotadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Yana qara

Pruslar Prussiya

Manbalar

Turkum:Tillar