Prut (; ; ) — Ukrainadagi va qisman Moldovaning Ruminiya bilan boʻlgan chegara-sidatlaryo. Dunayning chap irmogʻi. Uzunligi 989 km, havzasining maydoni 27,5 ming km². Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 80 m³/sek. Sharqiy Karpat togʻlaridan boshlanadi. Yanvarda muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: chapdan — Rakovets, Chugur; ungdan — Cheremosh, Jijiya, Baxluy. Dare etagidan Leovo shahrigacha kema qatnaydi. Prut boʻyida Yaremcha, Kolomiya, Chernovsi, Snyatii, Ungeni, Leovo shaharlari joylashgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Ruminiyadagi daryolar Turkum:Ukrainadagi daryolar Turkum:Moldovadagi daryolar