Anorqul Mamadovich Nazarov (1950-yil 5-iyun, Boʻka tumani — 2019-yil 16-yanvar) – oʻzbekistonlik kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1995).
Hayoti Anorqul Nazarov 1950-yil 5-iyunda Boʻka tumanida tugʻilgan. Toshkent konservatoriyasini (hozirgi Oʻzbekiston konservatoriyasi) tugatgan (1973). Navoiy teatrida sozanda (1968—1985), Uzteleradiokompaniyasi qoshidagi Estrada-simfonik orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (1989—1996), „Oʻzbeknavo“ birlashmasining bosh direktori (1996—2001). Ijodida qoʻshiq asosiy oʻrin tutadi („Doʻlana“, „Arazlama“, „Men nechun sevaman Oʻzbekistonni“, „Oʻzbekiston mushtarak“, „Ozod elning oʻgʻliman“ va boshqalar). Bastakorning Muhammad Yusuf sheʼriga yozilgan „Yur, muhabbat! Ketdik bu yerdan“ qoʻshigʻi birinchi oʻzbek tangosidir. Shuningdek, kino va telefilmlar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari uchun musiqalar va boshqa asarlar yozgan. Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1997). Vafotidan soʻng 2025-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Anorqul Nazarov 2019-yil 16-yanvarda og‘ir kasallikdan keyin vafot etgan.
Asarlari +NomiIjrochiShoirYilMen nechun sevaman O‘zbekistonniAbdulla OripovVatan azizdirJumaniyoz JabborovJon O‘zbekistonJumaniyoz JabborovIftixorX.SharipovYashnar bahorimBobur BobomurodOna yurtBobur BobomurodBarkamol avlodY.OtashO‘zbekiston mushtarakY.OtashGo‘zal ToshkentB.IsroilovaYurt qadriB.IsroilovaAziz odamlarM.IbrohimovIzhorAbdulla Oripov
Manbalar
Havolalar
Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:5-iyunda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik bastakorlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar