Roʻzimat Masharipov (1895 - Xiva — 1968.19.3) — meʼmor va naqqosh. Naqqoshlik, ganchkorlik va meʼmorlikni otasi usta Masharipdan oʻrgangan. M. ijodida anʼanaviy meʼmorlik va bezak sanʼati zamonaviy uslub bilan uygʻunlashgan. Polvonkrri (1905), Mamad Maxram (1908), Husaynbek (1910) madrasalari, Mamad yasovul uyi (1910), Asfandiyorxon uyi (1911), Dishan qalʼadagi qoʻsh darvoza (1912), xonning shahar tashqarisidagi Tozabogʻ saroyi (1914) va boshqalarni qurish va bezatishda qatnashgan. 1915-yildan koʻplab turar joylar, jamoat binolarini qurgan va bezagan. 1947-yil M. Toshkentdagi Navoiy teatri binosining Xiva zalini bezashda shogirdlari bilan qatnashgan, 1950—60-yillarda Xivadagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda ishtirok etgan. Koʻplab shogirdlar tayyorlaganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:1968-yilda vafot etganlar Turkum:19-martda vafot etganlar Turkum:Kishilar:Madrasalar