Marka (nem. Marke — chegara, chegara viloyati):
1) Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada qoʻshni jamoa. Unda haydaladigan yer M. aʼzolarining xususiy mulki boʻlib, yaylov, oʻrmon va boshqa joylar umumiy mulk hisoblangan;
2) VIII—IX asrlarda Frank davlatida, oʻrta asrlarda Germaniyada Markgraf boshchiligida mustahkamlangan maʼmuriy chegara okrugi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar