Rustam Mansurov (21-dekabr 1913, Samarqand viloyati — 27-iyun 1996, Samarqand) - Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 1933-yildan Samarqand viloyat teatrida ishlagan. Eng yaxshi rollari: Solihboy (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Mirbo-bo (I. Akrom, "Adolat"), Yagor (G.Mdivani, "Nomus"), Prezident (F.Shiller, "Makr va muhabbat"), Ibrohim (K.Yashin, "Gulsara"), Hoji (K.Yashin, "Nurxon"), shahar hokimi (N.Gogol, "Revizor"), Dadaboy (Uygʻun, "Navba-hor"), Husayn Boykaro (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), Otello (U. Shekspir, "Otello"), Ezop (G.Figeyredu, "Ezop"), Darvesh (M.Karim, "Oy tutilgan tunda") va boshqa Yoshi ulugʻ, murakkab tabiatli shaxslar obrazini kurkam talqin qilish, yurish-turishi, tabiati, ovozi bilan bir-biriga oʻxshamagan qahramonlarining tashqi koʻrinishi va ichki olamini aniq ifoda eta bilish M. ijodiga xosdirOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:21-dekabrda tugʻilganlar Turkum:27-iyunda vafot etganlar