Selma Lagerlöf (1858.20. 11 - Morbakka - 1940.16.3) — shved yozuvchisi. Shvetsiya akademik aʼzosi (1914). Birinchi va koʻzga koʻringan yirik romani — "Iyost Berling haqida saga" (1891). Asar romantik uslubda yozilgan boʻlib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Lagerlöf Sitsiliya, Falastin va Misr safarlaridan soʻng "Dajjolning moʻʼjizalari" (1898) kitobi va "Quddus" (2 jildli, 1901 — 1902) romanini yozgan. Bolalar uchun yozilgan "Nils Xolgerssonning Shvetsiya boʻylab gʻaroyib sayohati" (1906) romani va "Botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha" (1907) asari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1909)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:1858-yilda tugʻilganlar Turkum:20-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1940-yilda vafot etganlar Turkum:16-martda vafot etganlar Turkum:Ayollar Nobel mukofoti laureatlari