Kostroma — Rossiya Federatsiyasining Kostroma viloyatidagi daryo. Volga daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 354 km, havzasining maydoni 16 ming km². Galich qirlaridan boshlanadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi Buy shahri yaqinida (quyilish joyidan 124 km) 71 m³/sek, eng koʻp suv sarfi 1620 m³/sek. Noyabrda muzlab, aprel— mayda moʻzdan boʻshaydi. Buy shahridan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Kostroma daryosida yogʻoch oqiziladi. Kostroma daryosining boʻyida Soligalich shahri joylashganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Rossiyadagi daryolar‎