Rudolf Julius Emanuel Clausius (1822-yil, 1-fevral, Kyoslin, hozirgi Koshalin, Polsha — 1888.24.8, Bonn) — nemis fizigi, termodinamika va gazlar kinetik nazariyasi asoschilaridan biri. Berlin universitetini tugatgan (1848). Syurix (1857-yildan), Vyursburg (1867-yildan) va Bonn (1869-yildan) universitetlari professor Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini taʼriflab bergan (1850). Entropiya tushunchasini kiritgan (1865). Moddaning erish temperaturasi oʻzgarishini bosim oʻzgarishi bilan bogʻlovchi tenglamani (qarang Clausius–Clapeyron tenglamasi) asoslab bergan (1850). Ideal gaz, shuningdek, molekulalarning erkin yugurish uzunligi tushunchasini fanga kiritgan va birinchi boʻlib shu uzunlikni hisoblagan (1860). K. elektroliz nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Joul—Lens qonuninp nazariy jihatdan asoslagan, termoelektr nazariyasini rivojlantirgan, dielektriklarning qutblanish nazariyasini ishlab chiqqan"KLAUZIUS (Clausius) Rudolf Yulius Emanuel" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Nemis fiziklari Turkum:1822-yilda tugʻilganlar Turkum:1888-yilda vafot etganlar Turkum:2-yanvarda tugʻilganlar Turkum:24-avgustda vafot etganlar