Kislovodsk — Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasidagi shahar (1830-yildan), Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneoiqlim kurorti. Kislovodsk stansiyasi. Aholisi 126 ming kishi. Katta Kavkazning shim. etaklarida, 720–1060 m balandlikda joylashgan. Oziq-ovqat (shu jumladan, "Narzan" mineral suvi qadoqlanadi), yengil, mebel sanoati korxonalari, muzeylar bor. K.ga 1803-yilda ruslar harbiy istehkom va stanitsa sifatida asos solgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Stavropol oʻlkasi