Kashmiriy tili — kashmiriylar tili. Hindistondagi Jammu va Kashmir shtati aholisining rasmiy tili. Hinderon tillarining dard guruhiga mansub. Kashmir vodiysida tarqalgan. Bu tilda 7.1 million kishi gaplashadi (2011).http://censusindia.gov.in/2011Census/Language-2011/Statement-1.pdfhttps://www.dawn.com/news/1410447 Kashmiriy tilida asl kashmiri, kashtavari, poguli, siraji, rambani dialektlari mavjud. Kashmiriy tilida 4 kelishik tizimi, 2 jins kategoriyasi bor; sintaksisi uchun gaplarning ergativ qurilishli boʻlishi harakterli. Hozirgi yozuvi arab alifbosiga asoslangan. Adabiy til uchun Kashmir, Srinagar shaharlari dialekti asos boʻlgan."" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Tillar