Sobir Kamolovich Kamolov (; 1924-yil 10-sentyabr, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumani, Qorabugʻa qishlogʻi – 2009-yil 1-fevral) – sovet va qoraqalpoq tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigiBrusina O. I. Tatyana Aleksandrovna Jdanko // Etnograficheskoe obozrenie. – 2008. – № 2. – S. 188—191, Oʻzbekiston (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1973) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori (1969). Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti rektori (1957—1961), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisi (1961—1996) va maslahatchi (1996-yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1984—1998). „Jasorat“ medali (1994), „Shuhrat“ medali (1994) mukofotlari sohibi.
Biografiyasi 1924-yil 10-sentabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzyoq tumani, Qorabugʻa qishlogʻida (hozirgi A.Dosnazarov nomidagi xoʻjalik hududida) tugʻilgan.
1942-yil avgust oyida Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini tamomlab, Qizil Armiya safiga chaqiriladi. 1943-yilning mayigacha Namangan shahrida joylashgan Xarkov harbiy piyoda askarlar bilim yurtida tahsil olgan. 1943-yil iyulgacha Buxoroda xizmat qilgan, soʻng frontga chaqirildi. U 48-armiyaning 102-Uzoq Sharq Novgorod-Seversk miltiq diviziyasining 30-chi Xasanskiy otishma polkining 8-rotasining miltiq otryadi komandiri boʻlgan. 1943-yil 22-sentyabrda 1-Belorussiya frontida Gomel yoʻnalishidagi Krasnaya Loza qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda chap yelka va yelka suyagidan ogʻir yaralangan. Davolanishdan soʻng jarohati tufayli SSSR Qurolli Kuchlari safidan boʻshatilgan va 1944-yildan Qoraqalpogʻistonda maktab harbiy instruktori boʻlib ishlaganObщestvennie nauki v Uzbekistane, Vipuski 1-12. Izd-vo Akademii nauk Uzbekskoy SSR, 1985.
1948-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1953-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1957—1961-yillarda Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti rektori boʻlgan. 1969-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildiAkademiki // Nukusskiy gosudarstvenniy pedagogicheskiy institut. 1979-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan. 1961—1996-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisiObщestvennie nauki v Uzbekistane, Vipuski 1-12. Izd-vo Akademii nauk Uzbekskoy SSR, 1985 boʻlgan. 1984—1998-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzoligiga qabul qilingan.
Sobir Kamolovning ilmiy faoliyati Qoraqalpoq xalqining etnik tarixi, shakllanishi, madaniyati, etnografiyasi boʻyicha mutaxassis. Qoraqalpoqlarning Oʻrta Osiyoning boshqa xalqlari va Rossiya bilan munosabatlarini oʻrgangan. 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir (jumladan, 10 tasi xorijda nashr etilgan)Национальная энциклопедия Узбекистана.
Mukofotlari Sobir Kamolov Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobiObщestvennie nauki v Uzbekistane, Vipuski 1-12. Izd-vo Akademii nauk Uzbekskoy SSR, 1985, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Berdaq nomidagi Davlat mukofoti, “Harbiy xizmatlari uchun" medali, "1941 – 1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun" medali, "1941 – 1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun" medali, "Jasorat" medali (1994)Национальная энциклопедия Узбекистана, "Shuhrat" medali (1994) mukofotlari sohibi boʻlgan
Adabiyot Karakalpaki v XVIII – XIX vekax, T., 1968; Iz istorii vzaimootnosheniy karakalpakov s drugimi narodami Sredney Azii i Kazaxstana v XVIII – nachale XIX v. (v soavtorstve), T., 1988.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Qoraqalpoq davlat universiteti bitiruvchilari