Indigirka - Sharqiy Sibirning shimoli-sharqidagi daryo. Uzunligi - 1726 km, havzasining maydoni - 360 ming km. I. Xastax va Tarin-Yuryax daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga delta (maydoni 5,5 ming km) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: chapdan — Kuydusun, Kyuente, Elgi; oʻngdan — Nera. Yomgʻir, qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Oktyabr da muzlab, mayning oxiri — iyulning boshida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi 1850 m3/sek. Baliq ovlanadi. Moma daryosi qoʻshilgan joydan (1154 km masofada) kema qatnaydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Rossiyadagi daryolar