Ikkinchi bulgʻor podsholigi — Bolqon yarim oroldagi davlat (1187—1396). Vizantiya hukmronligiga qarshi ozodlik qoʻzgʻolonlari (1185—87) natijasida tashkil topgan. Poytaxti — Tirnovo. XIV asrning oʻrtalarida Dobrotitsa (Dobruja; XV asr boshlarida turklar bosib olgan) knyazligi ajralib chiqqan, qolgan qismi Tirnovo va Vidin podsholiklariga boʻlinib ketgan (1363) va keyinchalik (1393 va 1396) turklar tomonidan bosib olingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Tarix Turkum:Yevropa