Poʻlat Qodirovich Zokirov (1932.15.1, Jalolobod — 1993.21.10, Toshkent) — geobotanik, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1989), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1983), Q. Zokirovning oʻgʻli. Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1954). Oʻzbekiston FA Botanika institutida ilmiy xodim (1957–68), labratoriya mudiri (1969–82), ToshDU yuksak oʻsimliklar kafedrasi professor (1983–85), Oʻzbekiston FA Botanika bogʻi direktori (1985–93). Oʻsimlik xom ashyolari, oʻtloklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, geobotanik rayonlashtirish va haritalar tuzish ustida tadqiqot olib borganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:15-yanvarda tugʻilganlar Turkum:21-oktyabrda vafot etganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar