Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.1 — Toshkent — 1982.22.12) — muftiy, din va jamoat arbobiAbu Ali ibn Sina, Traktat po gigiyene, T., 1982. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.1 — Toshkent — 1982.22.12) — muftiy, din va jamoat arbobi. Dastlab otasi Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon qoʻlida, soʻngra Toshkentdagi Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil koʻrgan (1923— 31). Qohiradagi al-Azhar dorilfununini tugatgan, Makka, Madina shaharlariga ilmiy safarlar qilgan (1947). Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qoʻmitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining oʻrinbosari (1943—1957), raisi (1957—1982). Toshkent Islom institutini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Uning saʼy-harakati bilan Buxoroda Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida oʻtkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga harakat qildi. Masjidlar boʻyicha Butunjahon oliy kengashi aʼzosi etib saylandi (Makka, 1976). Ziyovuddinxon diniy merosni keng targʻib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini oʻzbek va rus tillariga oʻgirganAbu Ali ibn Sina, Traktat po gigiyene, T., 1982. Ziyovuddinxonning „Diyorimizda islom va musulmonlar“ asari (1979, rus tilida)da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekanligi koʻrsatilgan. Futuhiy taxallusi bilan sheʼrlar ham bitgan. Ziyovuddinxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAPning oliy ordenlari bilan takdirlangan. 1998-yil tavalludining 90 yil ligiga bagʻishlab Toshkentda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan.

Hayot faoliyati Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon 1908-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

12 yoshida Qurʼonni yod olgan. 1920-yili Koʻkaldosh madrasasiga oʻqishga kirgan.

Ikkinchi jahon urushidan oldin va keyingi davrlarda oʻz otasi — 1943-yilda Markaziy Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasiga asos solgan va unga rahbarlik qilgan muftiy Eshon Bobohonga koʻmakchi boʻlgan.

1947—1948-yillarda Qohiradagi al-Azhar universitetining shayhlaridan — Abdulloh Fuqqoiy va Hofiz Tiyjoniylardan dars olib, soʻngra Makka va Madina shaharlariga borib bilim olib qaytgan.

1948-yilda diniy boshqarma raisining oʻrinbosari, 1957-yilda — Eshon Boboxon vafotidan keyin Markaziy Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylanganOʻzbek imomlari.

Mukofotlari 2023-yil 27-iyunda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Adabiyotlar Boboxonov Sh., Soʻnmas ziyo, T., 1998; Babaxanov Sh., Muftiy Ziyauddinxan ibn Eshon Babaxan, T., 1999; Boboxonov Sh., Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (Maʼnaviyat va ibrat maktabi), T., 2001.

Turkum:Imomlar Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Oliy darajali Imom Buxoriy ordeni sohiblari Turkum:Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Baroqxon madrasasida tahsil olganlar Turkum:Koʻkaldosh madrasasida tahsil olganlar (Toshkent) Turkum:Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi muftiylari