Janubiy Xitoy dengizi — Tinch okean gʻarbidagi yarim yopiq dengiz. Janubiy-Sharqiy Osiyo sohili bilan Tayvan, Luson, Palavan va Kalimantan orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni ; hajmi — 3622 ming km. Chuqurligi janubi-gʻarbida 200 m, shimoli-sharqda 5560 m gacha, oʻrtacha chuqurligi : 1140 m. Janubiy Xitoy dengiziga Sinszyan, Xongxa, Mekong, Menam va boshqa daryolar quyiladi. Qirgʻogʻi ancha tekis. Yirik qoʻltiqlari: Bakbo va Siyam. Eng yirik oroli — Xaynan. Mayda orollarning koʻpchiligi marjon orollardir. Suv osti zilzilalari va vulqon otilishlari boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial. Qishda shimoli-sharqiy, yozda janubiy va janubiy-gʻarbiy shamollar esadi. Yoz va kuzda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Dengiz suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 20—28°, avgustda 28—29°. Shoʻrligi 32—34 promille. Yogʻingarchilik yiliga 2000-2500 mm ni tashkil etadi. Suv qalqishi 5,9 m gacha boʻlishi mumkin. Dengizda baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi.

Yirik portlari Bangkok Xoshimin Syangan Guanchjou Shantou Xayfon Manila

Janubiy Xitoy dengizidan muhim xalqaro dengiz yoʻllari oʻtgan"" OʻzME. J-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Yoʻnalish: Sharqiy Osiyo — Yevropa yoʻli; Xitoy / Yaponiya / Janubiy Koreya

- Janubiy Xitoy dengizi

- malakka boʻgʻozi

- Hind okeani

- Suveysh kanali

- Yevropa

Ahamiyati: Eng muhim global savdo yoʻli; sanoat mahsulotlari va konteyner tashuvlarining katta qismi shu yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.

Janubiy Xitoy dengizi — dunyodagi eng muhim va strategik suv havzalaridan biri boʻlib, osiyo mintaqasida katta iqtisodiy, siyosiy va ekologik ahamiyatga ega.

Yaqin Sharq — Sharqiy Osiyo neft yoʻli:

Yoʻnalish; Fors qoʻltigʻi

— Ormuz boʻgʻozi

— Hind okeani

— Malakka boʻgʻozi

— Janubiy Xitoy dengizi

— Xitoy, Yaponiya

Ahamiyati: Osiyo davlatlari uchun asosiy neft va gaz taʼminot yoʻli.

Janubiy-Sharqiy Osiyo ichki savdo yoʻllari:

Yoʻnalish; Avstraliya

— Indoneziya boʻgʻozi

— Vetnam / Filippin / Malayziya

Ahamiyati: Temir rudasi, koʻmir va boshqa xomashyolar tashish uchun muhim.

Manbalar

Turkum:Dengizlar