thumb|Yettisuv Yettisuv (qozoqcha Jetisu) — Qozogʻistonning janubi-sharqiy qismi. Shimoliy da Balxash koʻli, Shimoli-sharqda Sassiqkoʻl va Olakoʻl, janubi-sharqda Jungʻariya Olatovi tizmasi, janubida Shimoliy Tyanshan tizma togʻlari hamda gʻarbda Chu-Ili togʻlari bilan chegaralangan. Ye. atamasi Balxash koʻliga quyiladigan 7 daryo (Ili, Qoratol, Biyon, Oqsuv, Lepsa, Baskon, Sarqand)dan olingan. Ye.ning shimoli-gʻarbiy va shimoliy tekislik qismi Tovqum, Sarieshik-oʻtrov, Luqqum, Yomonqum kabi qumli va qisman shoʻrxok choʻllardan iborat. Shuvoq-shoʻra, saksovulzor va butazorlar, daryo boʻylarida toʻqaylar, janubi-sharqida 2000 m gacha balandlikda bargli oʻrmonlar, yuqorirokda qaragʻayzor va alp hamda subalp oʻtloqlari bor.

Tarixiy manbalarda Ye.deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Ye. — Markaziy Osiyo madaniyatining qad. markazlaridan biri. Ye.da saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Mil. VI asr oxirlarida Ye.da Gʻarbiy Turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (VIII asrning oʻrtalarigacha) va qarluqlar (766 — 940) hukmronlik qilishgan. Ye.ni X asrning oʻrtalaridan Qoraxoniylar, XII asrning 30-y.laridan Qoraxitoylar boshqargan. Moʻgʻullar bosqinchiligi davri (1219—21)da Ye.ning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiqzarar koʻrgan. XVI asrda Ye.da qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. XIX asrning oʻrtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston geografiyasi