Yevtushenko Yevgeniy Aleksandrovich (1933.18.7, Irkutsk viloyati – 2017-yil, 4-yanvar, Oklahoma) — rus shoiri. Birinchi sheʼriy toʻplami „Kelajak razvedkachilari“ (1952). Yevtushenko adabiyotni kompartiyaning gʻoyaviy quroliga aylantirmay, asl holiga qaytarishga — insoniyatning madadkoriga aylantirishga harakat qilgan. Eng yaxshi asarlarida murakkab ahloqiy va tarixiy masalalarni („Stalin vorislari“, „Babiy Yar“ sheʼrlari), xalqaro siyosatga daxldor muammolarni oʻrtaga tashlaydi, ijodida fuqarolik ruhi ustuvor mavqega ega. „Uchinchi qor“ (1955), „Tashabbuskor- lar koʻchasi“ (1956), „Nazokat“ (1962), „Bratsk GESi“ (1965), „Aloqa qayigʻi“ (1966), „Oppoq qor yogʻyapti“ (1969), „Qozon dorilfununi“ (1970), „Ishqiy lirika“ (1973), „Ertalabki xalq“ (1978), „Fuku“ (1985) kabi toʻplamlari va dostonlari nashr etilgan. „Mevali joylar“ (1981) romani ahloqiy mavzuda. „Isteʼdod — betakror moʻjiza“ (1983) makolalar toʻplami adabiyotshunoslik masalalari toʻgʻrisida. „Bolalar bogʻchasi“ (1984), „Stalinning dafn etilishi“ (1990) filmlari muallifi. Yevtushenkoning „Oq qorlar“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr kilingan (1982)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Havolalar Евгений Евтушенко. Биография, стихотворения, статьи. Евгений Евтушенко. Биография и творчество Творчество Евгения Евтушенко на сайте The Electronic Literary Database Интервью Евгения Евтушенко на радио «Эхо Москвы» Фотографии Евгения Евтушенко во время визита в Пензу в 2008
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Rossiyalik shoirlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Rossiyada tugʻilganlar Turkum:SSSRda tugʻilganlar Turkum:Rossiya kishilari Turkum:Rossiyada vafot etganlar