Doʻstlik — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyatidagi shahar (1983-yildan). Doʻstlik tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi Jizzaxdan 52 km uzoqda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Shahardan yirik avtomagistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 18,300 ming kishi (2016). Asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Doʻstlikda 2 ta qoʻshma korxona, oʻsimlik moyi ishlab chiqaruvchi firma, „Doʻstlikdon“ aksiyadorlik jamiyati, umumiy taʼlim maktablari, biznes maktabi, litsey, tibbiyot bilim yurti, sport majmuasi, tennis korti, kutubxona, markaziy kasalxona, xotira memorial majmuasi mavjud."" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Jizzax viloyati shaharlari Turkum:Doʻstlik tumani aholi punktlari