Drava — Yevropadagi daryo, Dunayning oʻng irmogʻi. Uzunligi 749 km, havzasining mayd. 40,4 ming km. Alp togʻlari (Italiya va Avstriya hududi)dan boshlanadi. Asosan Oʻrta Dunay tekisligidan (Sloveniya va Xorvatiya)dan oqadi. Yoz va kuz oylarida toshadi, qishda suvi kamayadi. Quyilish joyida oʻrtacha suv sarfi 610 m’/sek. D.ga yirik GESlar qurilgan. Quyilish yeridan Fillax sh.gacha (650 km masofada) kema qatnaydi.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alfavit boʻyicha daryolar Turkum:Italiyadagi daryolar Turkum:Avstriyadagi daryolar Turkum:Sloveniyadagi daryolar Turkum:Xorvatiyadagi daryolar Turkum:Vengriyadagi daryolar