Dnipro () — Ukraina davlatida joylashgan shahar, Dnepropetrovsk viloyatining maʼmuriy markazi. Dnepr daryosidagi port. U Ukrainaning toʻrtinchi yirik shahri boʻlib, taxminan bir million aholiga egaUkrcensus.gov.ua — City URL accessed on 8 March 2007. Dnipro Ukraina sharqida, poytaxt Kiyevdan janubi-sharqda, Dnepr daryosi boʻyida joylashgan va oʻz nomini shu daryodan olgan. Shaharda Dnepr urban hromadasining maʼmuriyati joylashgan. 2022-yilgi hisob-kitoblarga koʻra, Dnepr aholisi 968,502 kishini tashkil qiladi.
Qora metallurgiya (2 ta metallurgiya zavodi, 2 ta quvur prokati zavodi va boshqalar), mashinasozlik zdi, ogʻir press ishlab chiqarish birlashmalari, kon-shaxta, metallurgiya jihozlari, stanoksozlik, elektrovozeozlik, kombayn zavodlari, radiozavod va boshqa kimyo (plastmassa, shina ishlab chiqarish), koks kimyosi, kurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ukraina Fanlar akademiyasining ilmiy markazi, 9 ta oliy oʻquv yurti (jumladan 2 universitet), 5 ta teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 3 ta muzey (shu jumladan badiiy va tarixiy muzeylar) mavjud. Dniproga 1776-yil asos solingan. Potyomkin saroyi (hozirgi Talaba saroyi, XVIII asr oxiri), Preobrajenskiy kafedrali sobor (XIX asr) saqlangan. Shaharning rasmiy tashkil topgan sanasi 1526-yil bo‘lib, o‘sha paytda hozirgi Dnipro shahri hududida Stara Samar aholi punkti mavjud bo‘lgan.
Nomi Hozirgi nomi
Avvalgi nomlari Novyi Kodak 1645–1784 Yekaterinoslav () yoki Katerynoslav ( ) 1784–1796 Novorossiysk (, ) 1796–1802, Yekaterina II ning nafratlangan oʻgʻli podsho Pol I hukmronligi davrida qisqa nom oʻzgartirilgan; ammo avvalgi nomi podsho Aleksandr I tomonidan otasi oʻldirilganidan keyin qayta tiklanganEstablishment and development of the Dnipropetrovsk city (Viniknennya і rozvitok mіsta Dnіpropetrovsk). The History of Cities and Villages of the Ukrainian SSR.. Yekaterinoslav 1802–1918. XIX asrga oid baʼzi xaritalarida Catharinoslav shaklida tilga olingan. Sicheslav ( ) 1918–1921 (morasmiy nomi) Yekaterinoslav/Katerynoslav 1918–1926 Dnipropetrovsk ( , shuningdek Dnipropetrovske () Xarkov orfografiyasi boʻyicha (1926–2016). Bu soʻz ukraincha Dnepr (Dnepr, „Dnepr daryosi“) va Petrovskiy (Petrovskiy) (sovet inqilobchisi Grigoriy Petrovskiy) qoʻshilishidan Dnepropetrovskshaklida paydo boʻlgan. () Nomining kelib chiqish tarixi Zamonaviy Dnepr shahri hududida joylashgan ukrain kazaklarining asl shahri Noviy Kodak ( , Yangi Kodak) deb atalgan New Kodak, (26 March 2022). Keyinchalik, Rossiya imperiyasi bu hududda Yekaterinoslav („Yekaterina shon-shuhrati“) shahrini tashkil topgan.
Bu nom birinchi marta 1776-yil 23-aprelda Azov gubernatori Vasiliy Chertkovning Grigoriy Potemkinga hisobotida tilga olingan. Unda aytilishicha: „Yekaterinoslav deb ataladigan viloyat shahri Dnepr daryosining oʻng qirgʻogʻida, Kaydak (yaʼni ) yaqinida joylashishi kerak…“
1784-yil 23-yanvarda Rossiya imperatori Yekaterina II farmoni bilan shahar qurilishi rasman daryoning oʻng qirgʻogʻiga koʻchirildi.
XVII asrda shahar Polovitsia nomi bilan ham tanilganMikhail Levchenko. Hanshchyna (Ganщina Ukraїna). Opyt russko-ukrainskago slovari︠a︡. Tip. Gubernskago upravlenii︠a︡, 1874.
1918-yilda Ukraina Xalq Respublikasining Markaziy Kengashi shahar nomini „Sicheslav“ deb oʻzgartirishni taklif qildi, ammo bu taklif xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlanmadiRada approves historic bills to part with Soviet legacy, The Ukrainian Weekly (17 April 2015).
1926-yilda shahar kommunistik rahbar Grigoriy Petrovskiy nomi bilan ataldiPoroshenko signed the laws about decomunization. Ukrayinska Pravda. 15 May 2015Poroshenko signs laws on denouncing Communist, Nazi regimes, Interfax-Ukraine. 15 May 20Goodbye, Lenin: Ukraine moves to ban communist symbols, BBC News (14 April 2015)Ukraine tears down controversial statue, by Rostyslav Khotin, BBC News (27 November 2009)Same article on UNIAN.The Kravchenko Case: One Manʼs War Against Stalin by Gary Kern, Enigma Books, 2007, , page 191. Sovuq urush davrida baʼzi ingliz tilidagi ommaviy axborot vositalari Dneprni „Raketa shahri“ nomi bilan atashgan.
2015-yilda qabul qilingan dekommunizatsiya qonuni shahar nomini oʻzgartirishni talab etardi. 2015-yil 29-dekabrda Dnepr shahar kengashi shahar nomining Petrovskiyga emas, balki Avliyo Pyotr sharafiga qoʻyilganligini rasman eʼlon qilgan. Shu tariqa nom qonun talablariga muvofiq boʻlganLB.ua, Dnepropetrovsk sobirayutsya „pereimenovat“ v chest Svyatogo Petra (Dnepropetrovsk to be „renamed“ in honour of St. Peter), 29 December 2015., ammo asl nom oʻzgarishsiz qolgan.
2016-yil 3-fevralda Ukraina parlamenti (Verxovna Rada) shahar nomini Dneprga oʻzgartirish toʻgʻrisida qonun loyihasini qabul qilgan. 2016-yil 19-mayda Ukraina parlamenti shaharning rasmiy ravishda Dnepr deb nomlanishini tasdiqlovchi qonunni maʼqullagan. Qaror 344 deputatdan 247 tasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan, 16 nafari esa qarshi chiqqan Verxovna Rada Ukraїni (Verkhovna Rada of Ukraine), Poіmenne golosuvannya pro proekt Postanovi pro pereymenuvannya mіsta Dnіpropetrovska Dnіpropetrovskoї oblastі (№ 3864) (Roll-call vote on the draft resolution on renaming of Dnipropetrovsk Dnipropetrovsk region № 3864), 19 May 2016..
Shahar nomi oʻzgartirilgandan soʻng, Petrovskiy nomi shahar nomi bilan bogʻliq muassasalardan olib tashlangan. Biroq, muhim istisno — bu shahar atrofidagi viloyat nomi boʻlib, u Ukraina Konstitutsiyasidagi hududiy tuzilishda „Dnepropetrovsk viloyati“ sifatida koʻrsatilganUkraine , The World Factbook, as accessed on 9 February 2023. Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish murakkab va uzoq muddatli jarayon boʻlganligi sababli, viloyat rasmiy ravishda hozircha ushbu nomni oʻzida saqlab qolmoqda.
Tarixi
left|thumb|Dnepr Dmitriy Yavornitskiy milliy tarixiy muzeyidagi Kuman haykallari kollektsiyasining bir qismi
Yana qarang
Dnepr
Izohlar
Manbalar
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Mixail Aleksandrovich Shatrov (Shteyn). Gorod na tryox xolmax. — Dnepropetrovsk: Promin, 1969. (in Russian) Aleksey Nikolaevich Tolstoy. Xojdenie po mukam. — M.: Xudojestvennaya literatura, 1976. (in Russian) Dmitriy Yavornitskiy. Istoriya goroda Yekaterinoslava. — Dnepropetrovsk: Sich, 1996. (in Russian) Spravochnik „Osvobojdenie gorodov: Spravochnik po osvobojdeniyu gorodov v period Velikoy Otechestvennoy voyni 1941—1945“ / M. L. Dudarenko, Yu. G. Perechnev, V. T. Yeliseev i dr. M.: Voenizdat, 1985. 598 s. (in Russian) Opisanie naselennix mest Yekaterinoslavskoy gubernii na 1-e yanvarya 1925 g. — Yekaterinoslav: Tipo-Litografiya Yekaterininskoy j.d., 1925. — 635 s. (in Russian)
Havolalar
Turkum:Ukraina shaharlari