Differensial ( - farq, tafovut) — funksiya orttirmasining argument orttirmasiga nisbatan bosh chiziqli qismi. Differensial tushunchasini fanga Gottfried Leibniz kiritgan. Differensial xossalari matematik analizning yirik boʻlimlaridan biri boʻlgan differensial hisobda oʻrganiladi. U geometriya, mexanika, fizika masalalarini yechishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Differensial tushunchasi variatsion hisob, differensial geometriya va funksional analizni umumlashtiriladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Differensial · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.