Chov-yorgʻoq churrasi — moyak xaltasiga ichak va charvi sohasining maʼlum bir qisimini tugʻma patologiya oqibatida tushib qolishi hisoblanadi. Etiologiyasi Chov-yorgʻoq churrasi qorin churralari qatoriga kiradi. Qorin churralari anatomik, etiologik va klinik belgilar boʻyicha farqlanadi:
Anatomik tasniflanishi: chov, chov-yorgʻoq, son va kindik churralari. Etiologik tasniflanish: tugʻma va orttirilgan Klinik koʻrinish boʻyicha: toʻgʻirlanadigan va toʻgʻirlanmaydigan.
Patogenezi Bolalarda chov-yorgʻoq churralari tugʻma boʻlib, sababi qorin parda qin oʻsimtasini oblitiratsiyasi natijasida oʻtib qoladi. Xomilaning 7- oyidan boshlab moyak qorin parda qin oʻsimtasi bilan yorgʻoqqa tusha boshlaydi. Bu jarayon tugʻilgandan soʻng tugaydi va qin oʻsimta oblitiratsiyaga uchraydi.
Bu jarayonni buzilishi turli patologiyalarga sabab boʻladi. Qin oʻsimta butunlay bitmay qolishi chov churralarini hosil qiladi. Chov-yorgʻoq churralarini chaqaloqni dastlabki 1-2 oyligida koʻrina boshlaydi. Bola yigʻlaganda va bezovta boʻlganda bilinadi.
Churra tarkibiy qismlari — Churra darvozasi
— Churra qopi
— Churra aʼzosi
Klinik manzarasi Chov sohasida yorgʻoq yoki jinsiy lablarda yumaloq yoki shishsimon hosila, uning qorin boʻshligʻiga bosim ortganda (yigʻlasa, kulsa, ogʻir yuk koʻtarsa bilinadi) paydo boʻlishi mumkin. Odatda qorin boʻshligʻida bosim pasayganda yoʻqoladi lekin yana osonlikcha paydo boʻladi. Chov churrasi asosan erkaklarda uchraydi. Churraning 27 %i erkaklarda uchrasa 3 %i ayollarda uchrashi aniqlangan.
Davolash Churralar jarrohlik amaliyoti yordamida davolanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Churralar Turkum:Tug'ma kasalliklar Turkum:Urologiya Turkum:Urologik kasalliklar