Gulobod — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qishloq (1985-yildan). Samarqand tumani markazi. Gulobod Samarqand shahridan 12 km, Katta Oʻzbekiston traktining oʻng yoqasida. Aholisi 10 mingdan ziyod (1998). Gulobodda Oʻzbekiston—Eron, Oʻzbekiston—Amerika va Oʻzbekiston—Germaniya qoʻshma korxonalari tashkil etilgan. Korxonalarda chinni, mebel, kiyim-kechak, sut mahsulotlari va b. isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Gulobodda tuman hokimiyati binosi, bank, moliya, davlat arxivi, agrokombinat, litsey, kollej, 38-oʻrta maktab, aloqa boʻlimi, savdo shaxobchalari, stadion bor. Ikkinchi jahon urushi hamda Afgʻonistondagi urushda qurbon boʻlgan shu tumanlik fuqarolar xotirasiga yodgorlik, Jomiy va Navoiylarga haykal oʻrnatilgan. Qishloq markazida xiyobonlar, atrofida 1,5 ming ga maydonda bogʻ barpo qilingan."" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Samarqand tumani