Gulbahor — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi shaharcha (1943 yildan), Yangiyoʻl tumanining markazi (1974-yildan). Gulbahor Yangiyoʻl tumanining janubi-sharqida. Aholisi 12,1 ming kishini tashkil etadi (2002), asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Yangiyoʻldan — 6 km. Gulbahordan Toshkentgacha boʻlgan masofa 40 km. Gulbahor Eski Qovunchi qishloq yigʻini hududida 1970-yillar boshida qurila boshlagan. Gulbahorda tuman hokimiyatining mahkamasi va boʻlim, boshqaruv idoralari joylashgan. Madaniyat saroyi, stadion, tez yordam markazi, kasalxona, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor."" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Yangiyoʻl tumani aholi punktlari