Vasiliy IV Shuyskiy (15521612) — rus podshosi (1606—10). Knyaz I. A. Shuyskiyning oʻgʻli. Boris Godunovta qarshi yashirin muxolifat rahbari. Ljedmitriy I ni avval qoʻllabquvvatlagan, soʻng unga qarshi fitna uyushtirgan. Podshoh boʻlib olgach, Bolotnikov qoʻzgʻolonini bostirgan, krepostnoylarni asoratga solishni kuchaytirgan. Polyak bosqinchilari va Ljedmitriy II bilan kurash jarayonida Shvesiya bilan ittifoq tuzgan. Lekin bu ittifoq shvedlar bosqiniga olib kelgan. Moskvaliklar tomonidan taxtdan agʻdarilgan, polyaklar asirligida vafot etgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1552-yilda tugʻilganlar Turkum:12-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1612-yilda vafot etganlar Turkum:Taxtdan tushirilgan monarxlar Turkum:Rossiya rahbarlari