Aʼmaq Buxoriy (taxallusi; asl ismi Abu Najib Shahobiddin) (? – Buxoro – 1148) – shoir. Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Arab va fors tillarida ijod etgan. Amir ush-shuaro (shoirlar amiri) unvoniga sazovor boʻlgan. She’rlar devoni saqlanmagan. 37 qasidasidan parchalar va 7 ruboiysi turli majmua va tazkiralar orqali yetib kelgan. Qasidalarida Adib Sobir Termiziy va Mas’ud Sa’d Salmon ijodiga yuqori baho bergan. Aʼmaq Buxoriy marsiya ustasi boʻlgan. Oʻzining "Yusuf va Zulayho" dostonini 2 vaznda oʻqiladigan qilib yozgan.U 1148-yili Buxoroda vafot etganOʻzME. T.1. – B. 545..

Asarlari “Yusuf va Zulayho”

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Qoraxoniylar davlati Turkum:1148-yilda vafot etganlar