Alamlisoy — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Qaroqchitogʻning janubiy yon bagʻrida 900 metr balandlikdan boshlanib, Tohirshayx adirlarida tugaydi. Uzunligi 8 km dan ziyod. Alamlisoy vodiysining kengligi 100-200 metr. Vodiyda uchtagacha terrasa bor. Suv yigʻish havzasi maydoni 11 km². Yomgʻir va buloqlardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 20-25 l/sek. Alamlisoy suvining koʻp qismi (40%) bahorda (birgina aprel oyida 18%) oqadi, qolgan oylarda 5-9% dan ortmaydi. Bahorda sel kelib turadi. Alamlisoy yoqasida Alamli qishlogʻi chorvadorlarining qoʻtonlari joylashgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistondagi daryolar Turkum:Payariq tumani