Alagoas — Braziliyaning shimoli-sharqidagi shtat. San-Fransisku daryosi quyi oqimidan shim.roqda. Maydoni 27,7 ming km². Aholisi 2420 ming kishidan koʻproq. Maʼmuriy markazi va asosiy porti — Maseyo sh. Katta maydonlarga shakarqamish (sohil boʻyi tekisligida) va paxta (Braziliya togʻligida) ekiladi. Oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. San-Fransisku daryosidagi Paulu-Afonsu sharsharasi yonida katta GES qurilgan"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar