Agregat (lotincha, aggrego — birlashtiraman, ulayman) — 1) texnikada mashina yoki mashinalar majmuining bir xillashtirilgan, yiriklashtirilgan uzeli; alohida vazifalarni mustaqil bajaradi, oʻzaro almashinuvchan boʻladi, masalan, ichki yonuv dvigatellari, avtomobillarning oldingi va ketingi koʻpriklari, elektr dvigatellar, nasoslar va boshqa Baʼzan ikki va undan ortiq mashinalar majmui ham agregat deb ataladi (qarang Agregatlash); 2) petrografiya va mineralogiyada — togʻ jinslari tarkibidagi minerallar yigʻindisi. Donachalarining shakli va tarkibi boʻyicha xillarga hamda sementlangan, yumshoq, gʻovak, zich, sertuproq xillarga boʻlinadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil