Salomat Abdurahmonova (1944-yil 11-yanvar, Turkmaniston, Karki sh.) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996-yil). ToshDUning geografiya fakultetini tugatgan (1962-yil). Mehnat faoli-yatini 1962-yildan Surxondaryo viloyati sayyohlik markazida metodistlikdan boshlagan. 1965-yildan Yakkabogʻ, Gʻuzor tumanidagi maktablarda bosh tarbiyachi, oʻqituvchi. 1982-yildan Chiroqchi tumani-dagi 1-maktabda oʻqituvchi, 1993-yildan maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari. A. maktabda „Ekologiya va salomatlik“, „Tabiat inʼomlari“ koʻrik tanlovlarini tashkil etgan va uning oʻquvchilari viloyat miqyosida faxrli oʻrinlarni egallagan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:11-yanvarda tugʻilganlar