Buxoro davlat tibbiyot instituti yoki Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti — Buxoro shahridagi oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1990-yil 6-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 307-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Buxoro davlat Tibbiyot institutida 10 ta fakultet va 45 ta kafedra, 13 ta bakalavr va 30 ta magistratura yoʻnalishlari mavjud boʻlib, davolash ishi, stomatologiya, oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlash, pediatriya, xalq tabobati fakultetlari bor. 39 kafedra, litsey, aspirantura, doktorantura, klinik ordinatura, markaziy ilmiy tadqiqotlar va klinik laboratoriya, institut muzeyi va 2 o‘quv muzeyi, test markazi, kutubxona (65 mingdan ortiq asarga ega), oʻquv zali mavjud. Institutda 600 dan ortiq professor-o‘qituvchilar (jumladan 50 fan doktori va professor, 221 fan nomzodi va dotsent) xizmat qiladi; 8500 talaba taʼlim oladi (2023). Buxoro tibbiyot instituti oʻzining davolash klinikasiga ega. Buxoro shahri kasalxonasi, viloyat stomatologiya poliklinikasi, umuman Buxorodagi barcha davolash-profilaktika muassasalari institutning klinik bazalari hisoblanadi. Buxoro viloyat kasalxonasi institut klinikasiga aylantirilgan. Institut qoshida stomatologiya oʻquv davolash ilmiy markazi tashkil qilingan (1997). Institut darslik, ilmiy to‘plam va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.

Tarixi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti — Buxoro shahridagi oliy malakali mutaxassis vrachlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti sifatida 1990-yil 6-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 307-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 1990-yil 11-oktabrdagi 1052-raqamli buyrugʻiga asosan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Akram Ibragimovich Moʻminov institutining birinchi rektori etib tayinlangan.

Rahbariyat

Fakultetlar Davolash fakultetda 2020-2021 oʻquv yilida 1450 talaba tahsil oladi. Oʻqish muddati 6 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:

1. Gistologiya, sitologiya va embriologiya

2. Patologik fiziologiya

3. Psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi

4. Umumiy jarrohlik

5. Akusherlik va ginekologiya

6. Ichki kasalliklar va endokrinologiya

7. Ixtiyoriy va gospital jarrohlik, urologiya

8. Ftiziologiya, pulmonologiya va dermatovenerologiya

Stomatologiya fakultetda 2020-2021 oʻquv yilida 706 talaba tahsil oladi. Oʻqish muddati 5 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:

1. Ortopedik stomatologiya

2. Terapevtik stomatologiya

3. Yuz-jagʻ jarrohligi

4. Bolalar stomatologiyasi

5. Tibbiy kimyo

6. Biokimyo

7. Patologik anatomiya

Kafedralar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar Turkum:Oʻzbekiston tibbiyot oliygohlari Turkum:Oliy oʻquv yurtlari