Bromgeksin (Bromhexinum) — balgʻamni suyultirib, koʻchishini tezlashtiradigan dori; yoʻtalga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Tabletka holida chiqariladi. Oʻtkir va surunkali bronxit, oʻpka sili, bronxial astma, zotiljam va boshqa yoʻtal bilan kechadigan shamollash kasalliklarida qoʻllanadi. Faqat vrach buyurganda ichiladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil