Bosfor (turkcha İstanbul Boğazı, yun. Βόσπορος, Bosporos) — Qora dengiz bilan Marmar dengizini tutashtirgan boʻgʻoz; Yevropa bilan Kichik Osiyo yarimoroli oʻrtasida; uzunligi 30 km ga yaqin, eni oʻrtacha 2 km. Qadimgi dare vodiysi boʻlib, antropogen davrida dengiz suvi bosgan. Bosfor qirgʻoqlari baland, tik va manzarali. Chuqurligi 33 m dan 80 m gacha. Qulay tabiiy gavanlari koʻp, eng yaxshisi Yevropa sohilidagi Xalich (Oltin Muguz) gavani; Osiyo sohilida Istanbul shahri joylashgan, uning portidan Bosforni kesib oʻtuvchi avtomobil koʻprigi (uzunligi 2,8 km) qurilgan. Bosforda 2 oqim bor: ustki oqim nisbatan chuchuk (shoʻrligi 18‰) boʻlib, Qora dengizdan Marmar dengiziga oqadi; ostki oqim ancha shoʻr (38‰), Marmar dengizidan Qora dengizga tomon oqadi.
Yana qarang
Istanbul kanali
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Alifbo boʻyicha boʻgʻozlar