thumb Bolonya universiteti () — Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. Italiyaning Bolonya shahrida joylashgan. 1088-yili Bolonya shahrida asos solingan. XII—XV asrlarda mashhur boʻlgan; XIII asrda untdagi oʻquvchilar soni 10 mingga yetgan. Bolonya universiteti yuridik, siyosiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, falsafa va sanʼat, pedagogika, tibbiyot, dorishunoslik, kimyo, muhandislik, qishloq xoʻjaligi, veterinariya va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bolonya universitetida 60 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Universitet kutubxonasida 1 mln.ga yakin asar saqlanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Italiyadagi universitetlar