Birobijon — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1937-yildan), Yahudiylar muxtor viloyatining markazi. Amur daryosining Bira irmogʻi soxdlida. Birobijon tuguni. Aholisi 86,7 ming kishi (1992). Asosan yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va boshqa fabrikalar), oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati katta oʻrin tutadi. "Dalselmash" qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kuchlanish transformatorlari zavodlari, tibbiyot va pedagogika hamda madaniymaorif bilim yurtlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Osiyodagi tarixiy yahudiy jamoalari